Yangiliklar

...

MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun “Ilmiy (huquqiy) tadqiqotlar metodologiyasi” fani doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tanishtiruv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar kutubxonaning tarixi, tuzilmasi va asosiy fondlari, huquqiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar hamda dissertatsiyalar fondi bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, elektron katalog va raqamli resurslardan, jumladan, media.natlib.uz platformasidan foydalanish, ilmiy manbalarni izlash, saralash va ulardan to‘g‘ri iqtibos keltirish tartibi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Mazkur mashg‘ulot magistratura tinglovchilarining ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, dissertatsiya ishlarini tayyorlashda ishonchli manbalardan samarali foydalanish hamda axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Batafsil
...

“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘quv dasturi ishtirokchilarning oilaviy va fuqarolik huquqi yo‘nalishidagi bilimlarini kengaytirish, kundalik xizmat faoliyatida uchraydigan murakkab huquqiy vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda bolalar va oilalarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish bo‘yicha amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga yo‘naltirildi.Mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash, shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatlari, huquqiy xavflarni aniqlash va boshqarish, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertiza bilan bog‘liq masalalar nazariy va amaliy misollar asosida o‘rganildi. Darslarga Akademiya professor-o‘qituvchilari, Oliy sud va Toshkent shahar sudlari sudyalari jalb etildi.   Tinglovchi fikri:“Malaka oshirish jarayonida olgan bilimlarimiz faoliyatimizda uchraydigan huquqiy masalalarga yanada mas’uliyat bilan yondashishimizga yordam beradi. Ayniqsa, sudyalar bilan birgalikdagi mashg‘ulotlar, amaliy vaziyatlar tahlili va hayotiy misollar orqali qonunchilik normalarini qo‘llash bo‘yicha tushunchalarimiz yanada boyidi. O‘zlashtirgan bilimlarimizni kelgusidagi ish faoliyatimizda samarali qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldik”. Kursning yakuniy bosqichida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlari asosida tekshirildi. Natijalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan ishtirokchilarga malaka 
Batafsil
...

Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Odil sudlovda yangi avlod: sun’iy intellekt, raqamli ishonch va sud tizimlarining kiberbarqarorligi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro o‘quv kursi yakuniga yetdi.Batafsil
Batafsil
...

SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI

Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun “Sudyaning halolligi, xolisligi va yuksak ma’naviy-axloqiy saviyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi I. Marupov ishtirok etdi.Davra suhbati davomida mamlakatimizda fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, shuningdek, sudyaning halolligi va xolisligi, uning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda kasbiy mas’uliyati masalalari muhokama qilindi.Ta’kidlanganidek, sudyaning odilligi, vijdonliligi va xolisligi nafaqat odil sudlov sifatini, balki fuqarolarning sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil
...

Xalqaro delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida

Xalqaro o‘quv kursi doirasida xorijiy davlatlar sud-huquq tizimi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘ldilar. ⏺ Tashrif davomida mehmonlarga Oliy sudning faoliyati, odil sudlovni amalga oshirish mexanizmlari hamda sud tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.📱Shuningdek, delegatsiya vakillari sudlar faoliyatini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sud jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Batafsil
...

XALQARO O‘QUV KURSI YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026-yil 2–4-noyabr kunlari “Odil sudlovda yangi avlod: sun’iy intellekt, raqamli ishonch va sud tizimlarining kiberbarqarorligi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro o‘quv kursi bugun yakunlandi. 📄 Uch kun davomida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sud tizimlari vakillari, amaldagi sudyalar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar o‘tkazildi.📚 O‘quv kursi davomida raqamli dalillarni aniqlash va tahlil qilish, darknet va raqamli kriminalistika, blokcheyn texnologiyalari hamda kriptoaktivlarning huquqiy jihatlari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, sun’iy intellekt rivojlanishi sharoitida kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, odil sudlov tizimida sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.🤝 Tadbirning yakuniy qismida o‘quv kursida faol ishtirok etgan qatnashchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.   Yakuniy uchrashuv davomida xalqaro ishtirokchilar o‘quv kursi mazmunan boy va amaliy jihatdan foydali bo‘lganini alohida ta’kidladilar. Ular mashg‘ulotlar davomida yangi bilim va tajribalar orttirganliklari, turli mamlakatlar sud tizimlari vakillari bilan fikr almashish hamda kasbiy aloqalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lganliklarini bildirdilar.⏺ Shuningdek, mehmonlar xalqaro o‘quv kursi yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Odil sudlov akademiyasi rahbariyati hamda tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.💬 Mazkur xalqaro o‘quv kursi sud-huquq sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini chuqur anglash, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Batafsil
...

«International Journal of Justice» jurnalining 1-soni chop etildi!

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi muassisligidagi «International Journal of Justice» xalqaro ilmiy-amaliy elektron jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi.📚 Jurnalning ushbu sonidan huquqshunoslik va odil sudlov sohasiga oid ilmiy maqolalar o‘rin olgan.📥 Jurnalning 1-soni va unda e’lon qilingan maqolalar bilan quyidagi rasmiy veb-sayt orqali tanishishingiz mumkin:🌐 https://ijournaljustice.uz
Batafsil
...

ODIL SUDLOVDA YANGI AVLOD: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA KIBERBARQARORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida kiberxavfsizlik, raqamli dalillar hamda sud faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv kursi boshlandi. Xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sud tizimlari vakillari, amaldagi sudyalar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.O‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari hamda Odil sudlov akademiyasi rektori ishtirok etib, tadbirni kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.Tadbir doirasida sud-huquq tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari, sud faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, kiberxavfsizlikni ta’minlash va sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy jihatlari muhokama qilinmoqda.
Batafsil
...

ODIL SUDLOVNING YANGI AVLODI: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA SUD TIZIMLARINING KIBERBARQARORLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026-yil 2–4-noyabr kunlari “Odil sudlovning yangi avlodi: sun’iy intellekt, raqamli ishonch va sud tizimlarining kiberbarqarorligi” mavzusida xalqaro o‘quv kursi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan amaldagi sudyalar ishtirok etishi kutilmoqda.Xalqaro o’quv kursi sud-huquq sohasida ilg‘or tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitidagi zamonaviy muammolarni muhokama qilish hamda sudyalar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097