“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

06.11.2026 / 21:00
19
#

Odil sudlov akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘quv dasturi ishtirokchilarning oilaviy va fuqarolik huquqi yo‘nalishidagi bilimlarini kengaytirish, kundalik xizmat faoliyatida uchraydigan murakkab huquqiy vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda bolalar va oilalarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish bo‘yicha amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga yo‘naltirildi.

Mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash, shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatlari, huquqiy xavflarni aniqlash va boshqarish, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertiza bilan bog‘liq masalalar nazariy va amaliy misollar asosida o‘rganildi. Darslarga Akademiya professor-o‘qituvchilari, Oliy sud va Toshkent shahar sudlari sudyalari jalb etildi.
  Tinglovchi fikri:
“Malaka oshirish jarayonida olgan bilimlarimiz faoliyatimizda uchraydigan huquqiy masalalarga yanada mas’uliyat bilan yondashishimizga yordam beradi. Ayniqsa, sudyalar bilan birgalikdagi mashg‘ulotlar, amaliy vaziyatlar tahlili va hayotiy misollar orqali qonunchilik normalarini qo‘llash bo‘yicha tushunchalarimiz yanada boyidi. O‘zlashtirgan bilimlarimizni kelgusidagi ish faoliyatimizda samarali qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldik”.

Kursning yakuniy bosqichida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlari asosida tekshirildi. Natijalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan ishtirokchilarga malaka 

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097