Magistraturaga qabul
Akademiyada o‘qitishni tashkil etish
MAGISTRATURAGA QABUL
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026/2027-oʻquv yili uchun “Sud faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaga 1-iyuldan qabul boshlanadi.
Qabul joriy yilning 1-iyulidan 30-iyuligacha (30-iyul kuni ham) onlayn tartibda amalga oshiriladi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni https://my.edu.uz elektron platformasiga yuklashlari lozim:
a) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma nusxa – oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova nusxasi.
Bunda 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi sababli ushbu toifadagi diplom va uning ilovasini elektron platformaga yuklash talab etilmaydi;
b) xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikat nusxasi (kamida B2 darajadagi til sertifikati talab qilinadi).
Magistraturaga tashqi abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichining ketma-ketligiga koʻra oʻqishga qabul qilinadi.
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan, sud tizimi va sudyalar hamjamiyati organlari va muassasalarida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan shaxslar elektron platforma orqali ichki abituriyent sifatida roʻyxatdan o‘tgan hollarda, qoʻshimcha ravishda maʼlumotnoma (obyektivka) va mehnat daftarchasini yuklashlari talab etiladi.
Ichki abituriyentlar uchun magistraturaga qabul mutaxassislik fanlari va chet tilidan (xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikatga ega boʻlganlar bundan mustasno) test oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Kabul bo‘yicha telefon: 55-501-01-64