Magistratura
Akademiyada 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha amaliy magistratura dasturi
Akademiyada magistratura bosqichida o‘quv jarayoni ta’limning kunduzgi va kechki shakllarida tashkil etiladi;
Akademiyaga qabul qilishda nomzodlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Akademiyada ta’lim olish muddati magistratura dasturi bo‘yicha bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik ta’limning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom beriladi;
Akademiya magistratura dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari har yili Akademiya Kengashi taklifi asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Akademiya magistraturasida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etilib, uning qiymati Akademiya Kengashi va Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.
Magistraturaga qabul to’g’risidagi nizom
Magistratura dasturlariga hujjat topshirish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma
Magistratura qabuli yuzasidan ko‘p beriladigan savollar
70420115 ‒ “Sud faoliyati” magistratura mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon dasturi