XALQARO O‘QUV KURSI YAKUNLANDI
04.11.2026 / 17:34
24
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026-yil 2–4-noyabr kunlari “Odil sudlovda yangi avlod: sun’iy intellekt, raqamli ishonch va sud tizimlarining kiberbarqarorligi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro o‘quv kursi bugun yakunlandi.
📄 Uch kun davomida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sud tizimlari vakillari, amaldagi sudyalar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar o‘tkazildi.
📚 O‘quv kursi davomida raqamli dalillarni aniqlash va tahlil qilish, darknet va raqamli kriminalistika, blokcheyn texnologiyalari hamda kriptoaktivlarning huquqiy jihatlari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, sun’iy intellekt rivojlanishi sharoitida kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, odil sudlov tizimida sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🤝 Tadbirning yakuniy qismida o‘quv kursida faol ishtirok etgan qatnashchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Yakuniy uchrashuv davomida xalqaro ishtirokchilar o‘quv kursi mazmunan boy va amaliy jihatdan foydali bo‘lganini alohida ta’kidladilar. Ular mashg‘ulotlar davomida yangi bilim va tajribalar orttirganliklari, turli mamlakatlar sud tizimlari vakillari bilan fikr almashish hamda kasbiy aloqalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lganliklarini bildirdilar.
⏺ Shuningdek, mehmonlar xalqaro o‘quv kursi yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Odil sudlov akademiyasi rahbariyati hamda tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.
💬 Mazkur xalqaro o‘quv kursi sud-huquq sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini chuqur anglash, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
-
Xalqaro delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida
-
«International Journal of Justice» jurnalining 1-soni chop etildi!
-
ODIL SUDLOVDA YANGI AVLOD: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA KIBERBARQARORLIK
-
ODIL SUDLOVNING YANGI AVLODI: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA SUD TIZIMLARINING KIBERBARQARORLIGI
-
Akademiyada yoshlar bilan muloqot tashkil etildi