Akademiyada yoshlar bilan muloqot tashkil etildi

30.10.2026 / 20:47
25
#

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat va kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va magistrlar, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i K.Suyarov, “Suvni birgalikda asraymiz” loyihasi rahbari M.Abdujalilova, “Yo‘lovchi” loyihasi rahbari T.Eshboyev hamda “IELTS marafon” loyihasi rahbari J.Muhammadov ishtirok etdi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlash va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlikni e’tirof etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlari taqdirlandi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097