GDANSK UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
29.10.2026 / 20:54
13
Odil sudlov akademiyasida Polshaning Gdansk universiteti rektori, Polsha universitetlari rektorlari konferensiyasi prezidenti, Polsha Fanlar akademiyasi a’zosi, professor Pyotr Stepnovskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuvda Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
⏺ Qayd etilganidek, ayni paytda Akademiya va Gdansk universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasi vakillari ham amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
❓ Muloqot davomida hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi:
🔹 Odil sudlov akademiyasi va Gdansk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash;
🔹 Akademiya tinglovchilari va magistratura talabalari uchun Gdansk universitetida stajirovkalar tashkil etish;
🔹 Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuv va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va akademik tadbirlarni tashkil etish;
🔹 Zamonaviy ta’lim metodikalari va xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda kelgusidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.
🌐 Mazkur uchrashuv Odil sudlov akademiyasining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va kadrlar tayyorlash tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
-
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARI YURIDIK XIZMAT XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
-
Odil sudlov akademiyasi vakili Maltadagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi
-
EMOTIONS FROM JAPAN: YANGI TAJRIBA — YANGI IMKONIYATLAR!
-
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga sharh kitobi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
-
AKADEMIYA DELEGATSIYASINING YAPONIYAGA TASHRIFI: XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVI