Odil sudlov akademiyasi vakili Maltadagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi

28.10.2026 / 20:21
17
#

2026-yil 26–28-oktabr kunlari Maltaning Valletta shahrida Hedayah markazi va Xalqaro adliya va qonun ustuvorligi instituti (IIJ) hamkorligida RC26 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Odil sudlov akademiyasi professori Dilshod Isroilov “Terrorizmga oid ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning salohiyatini mustahkamlash: O‘zbekistonning tergov va sud amaliyotidan misollar” mavzusida ma’ruza qildi.

Unda terrorizmga oid ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli dalillarni baholash va adolatli sud muhokamasi kafolatlarini ta’minlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi yoritildi.

Konferensiya doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va tajriba almashish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097