AKADEMIYA VAKILI “III GENÇLİK FORUMU”DA ISHTIROK ETDI
23.10.2026 / 19:17
18
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat va kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi I. G‘afforov O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TÜRKSOY tomonidan tashkil etilgan III Turkiy dunyo yoshlari uchrashuvi — “III Gençlik Forumu”da ishtirok etdi.
Forum turkiy dunyo yoshlarining dolzarb ijtimoiy muammolar yuzasidan fikr almashishi, ularning yechimiga qaratilgan taklif va g‘oyalarni ishlab chiqishi, shuningdek, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tadbir doirasida turkiy tilli davlatlar yoshlari bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Forumda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalar Akademiya faoliyatida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va yangi ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
-
MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA
-
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
-
AKADEMIYA VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA