21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

21.10.2026 / 09:43
16
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, tariximiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir. Ona tilimiz xalqimizni birlashtiruvchi, milliy tafakkurimizni boyituvchi va ma’naviy merosimizni avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi beqiyos ne’matdir.

Bugungi kunda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, uning boy imkoniyatlarini keng namoyon etish, ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanishini rivojlantirish har birimizning muhim vazifamizdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik, farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Jonajon o‘zbek tilimizning nufuzi va shuhrati yanada yuksalsin, ona tilimiz hamisha qalblarimizda va hayotimizda munosib o‘rin tutsin!

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097