TINGLOVCHILARNING KOGNITIV VA JAMOAVIY FIKRLASH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

20.10.2026 / 15:14
27
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida tinglovchilarning intellektual salohiyati, kreativ fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan timbilding mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Akademiya psixologi Y.Dosjanova ishtirokida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda intellektual o‘yinlar, amaliy topshiriqlar va jamoaviy mashqlar orqali muammolarga noodatiy yondashish, maqbul yechimlarni topish va hamkorlikda qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.

Shuningdek, mashg‘ulotlar tinglovchilarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish va kasbiy faoliyat uchun zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Zero, kreativ fikrlash, psixologik barqarorlik va samarali hamkorlik bo‘lajak sudyalar kasbiy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismlaridir.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097