DAVLAT TILI VA ODIL SUDLOV MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🤩 Tadbir davomida davlat tilining odil sudlovni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati, sud hujjatlarini davlat tilida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish, yuridik terminologiyaning bir xilda qo‘llanilishi hamda sud amaliyotida til me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, huquqiy aniqlikni ta’minlash va sud hujjatlari sifatini oshirishda til madaniyatining ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
🏆 Tadbir davomida Akademiya tinglovchilari o‘rtasida «So‘z muqaddasligi va huquqiy mas’uliyat: sudya hukmidagi har bir harf qadri» mavzusida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, g‘olib deb topilgan quyidagi tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar:
🔹 Sherqulov Azamat Nuraliyevich — iqtisodiy huquq yo‘nalishi tinglovchisi;
🔹 Zulpiev Umidjon Sobirovich — iqtisodiy huquq yo‘nalishi tinglovchisi;
🔹 Xujamberdiyev Sanjarbek Maxsitaliyevich — fuqarolik huquqi yo‘nalishi tinglovchisi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Odil sudlov akademiyasi tomonidan tashkil etilgan «Mustaqillik — odil sudlov va inson qadrining mustahkam poydevori» mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar ilmiy saviyasi, mavzuning yoritilish darajasi va amaliy ahamiyatiga ko‘ra baholanib, quyidagi mualliflar g‘olib deb topildi:
🥇 I o‘rin — Shamsiddinova Ozoda Bo‘riyevna
🥈 II o‘rin — Madatov Xabibullo Nurmurodovich
🥉 III o‘rin — Eshquvvatov Bobomurod Abror o‘g‘li
🏅 «Eng yaxshi amaliy taklif» nominatsiyasi — Avezov Qosim Safarovich.
🫥 Tanlov g‘oliblari Odil sudlov akademiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davlat tilining nufuzini yuksaltirish, sud hujjatlarida til me’yorlariga rioya etish madaniyatini oshirish hamda odil sudlov sifatini ta’minlashga qaratilgan fikr va takliflar almashinuvi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI XALQARO HAMKORLIK GEOGRAFIYASI
-
GERMANIYA SUD TIZIMIDA MA’MURIY SUD ISHLARINI YURITISH ASOSLARI
-
AKADEMIK HALOLLIK VA ETIK YUKSALISH KENGASHINING YANGI TARKIBI TASDIQLANDI
-
AKADEMIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT HUQUQLARI MUHOKAMA QILINDI
-
Odil sudlov akademiyasi ekspertlari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda