AKADEMIK HALOLLIK VA ETIK YUKSALISH KENGASHINING YANGI TARKIBI TASDIQLANDI

15.10.2026 / 17:37
18
#

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Akademik halollik va etik yuksalish kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.

⚖️ Kengash faoliyati Akademiyada akademik halollik va professional etika tamoyillarini mustahkamlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini rivojlantirishga qaratilgan.

📚 Kengash oldiga quyidagi muhim vazifalar qo‘yilgan:
⏺ ta’lim va ilmiy jarayonlarga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish;
⏺ zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interaktiv uslublarni keng joriy qilish;
⏺ ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish;
⏺ o‘quv jarayonlarini zarur ta’lim resurslari bilan ta’minlash;
⏺ akademik halollik va professional etika tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.

🫥 Kengashning yangi tarkibi Akademiyada sifatli ta’lim, ilmiy izlanishlar va akademik halollik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097