Odil sudlov akademiyasi ekspertlari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

14.10.2026 / 18:45
23
#

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Odil sudlov akademiyasi delegatsiyasi Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida tashkil etilgan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida xalqaro hamkorlik: madaniy merosni saqlash va himoya qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

⏺ Xalqaro tadbir doirasida Tojikiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy iqtisodiy sudi va Dushanbe shahar sudi hamkor tashkilotlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, anjumanda sud-huquq sohasi mutaxassislari, yuridik fanlar doktorlari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari qatnashmoqda.

🌐 Konferensiyada madaniy merosni huquqiy muhofaza qilish, turizm sohasidagi qonunchilik, inson huquqlarini himoya qilish hamda sudlar faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llash va raqamli sud tizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097