AKADEMIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT HUQUQLARI MUHOKAMA QILINDI

14.10.2026 / 22:54
11
#

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar prokuraturasi vakillari korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi hamda xizmat odobi masalalari yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Muloqotning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-518-son qarori mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Ushbu hujjatlar doirasida Akademiyada xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish joyida tazyiq va kamsitish holatlarining oldini olish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, Akademiya faoliyatida qonuniylik, halollik, shaffoflik va o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097