AKADEMIYA VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA
20.10.2026 / 21:36
24
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat va kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi I. G‘afforov TÜRKSOY tomonidan tashkil etilgan xalqaro forumda ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy maqsadi turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, turkiy dunyo miqyosidagi yoshlar tashabbuslari va loyihalarini rivojlantirishdan iborat.
Forum doirasidagi ishtirok turkiy davlatlar yoshlari bilan tajriba almashish, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Xalqaro forumda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni Akademiya faoliyatiga tatbiq etish orqali yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda turkiy dunyo yoshlari bilan hamkorlikda yangi ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Boshqa yangiliklar
-
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
-
TINGLOVCHILARNING KOGNITIV VA JAMOAVIY FIKRLASH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA
-
DAVLAT TILI VA ODIL SUDLOV MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI XALQARO HAMKORLIK GEOGRAFIYASI
-
GERMANIYA SUD TIZIMIDA MA’MURIY SUD ISHLARINI YURITISH ASOSLARI