MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
22.10.2026 / 19:02
30
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari yuridik xizmat xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalarini qaytarish, noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish bilan bog‘liq nizolar, sudlarga da’vo arizalari va yuqori instansiya sudlariga shikoyatlar kiritish, shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ishlarni ko‘rishning protsessual xususiyatlarini o‘rgandilar.
Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanib, sud hujjatlarini tayyorlash, qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash va huquqiy pozitsiyani asoslash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Kurs yakunidagi test sinovlarida tinglovchilar yuqori natijalarni qayd etdilar. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tinglovchi fikri
Toshkent shahar Kadastr agentligi boshqarmasi bosh yuriskonsulti Akobir Axmedov:
«Mazkur o‘quv kursi biz uchun juda foydali bo‘ldi. Faoliyatimizda duch keladigan murakkab masalalarning yechimlarini amaldagi sudyalar va malakali professor-o‘qituvchilardan bevosita o‘rgandik. Bunday kurslarning ko‘paytirilishidan mamnun bo‘lar edim. Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga ham shunday o‘quvlarda qatnashishni tavsiya qilaman. Kursni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Kadastr agentligiga samimiy minnatdorligimni bildiraman».
Mazkur kurs yuridik xizmat xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va sud ishlarida samarali ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA
-
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
-
AKADEMIYA VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA
-
TINGLOVCHILARNING KOGNITIV VA JAMOAVIY FIKRLASH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA