ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA
22.10.2026 / 17:54
11
Joriy yilning 20–22-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan “Transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro mintaqaviy seminar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirda Odil sudlov akademiyasi Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Tolibjon Obidov ishtirok etib, transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish, elektron dalillar bilan ishlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasida xalqaro tajriba almashmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularning samarali yechimlarini muhokama qilish hamda ushbu sohada mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
YXHT Kotibiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining bir qator vakolatli idoralari, jumladan, Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va Bosh kriminalistika markazi, Bosh prokuratura, Odil sudlov akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Seminar dasturidan transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, elektron dalillardan samarali foydalanish, Estoniya va Qozog‘iston tajribasini o‘rganish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida kiberxavfsizlik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhokamalar o‘rin olgan.
Boshqa yangiliklar
-
XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
-
MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
-
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
-
AKADEMIYA VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA
-
TINGLOVCHILARNING KOGNITIV VA JAMOAVIY FIKRLASH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA