XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

22.10.2026 / 20:14
12
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Finlandiyaning nufuzli Helsinki universiteti Huquq fakultetining jinoyat huquqi professori, yuridik fanlar doktori Sakari Kristian Melander bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida Odil sudlov akademiyasi va Helsinki universiteti o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

✅ Muzokaralar natijasida Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Helsinki universitetida malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

📚 Shuningdek, tashrif doirasida professor Sakari Kristian Melander Akademiya magistratura tinglovchilari uchun Yevropa jinoyat huquqining dolzarb masalalari, jinoyat qonunchiligini qo‘llash amaliyoti hamda jinoyat odil sudlovini takomillashtirish mavzularida ma’ruza o‘qidi.

🎓 Ma’lumot uchun, Sakari Kristian Melander 2018-yildan buyon Helsinki universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U Finlandiya Fan va adabiyot akademiyasi a’zosi hamda Finlandiya huquqshunoslar uyushmasi raisi hisoblanadi.

🌐 Mazkur uchrashuv Odil sudlov akademiyasining xalqaro akademik aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va magistratura tinglovchilarini ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097