AKADEMIYA DELEGATSIYASINING YAPONIYAGA TASHRIFI: XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVI
24.10.2026 / 21:50
21
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov boshchiligidagi, Akademiya hamda Sudyalar oliy kengashi vakillaridan iborat delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
👥 Tashrif doirasida delegatsiya Yaponiya Oliy sudi, Yuridik tayyorgarlik va tadqiqotlar instituti (LTRI), shuningdek, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot va o‘quv instituti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda sud-huquq sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Yaponiyada sudyalikka nomzodlarni tayyorlash, sud kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash borasidagi tajribaga alohida e’tibor qaratildi.
💼 Shuningdek, delegatsiya O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida sud-huquq va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
🤝 Muzokaralar yakunida o‘zaro tajriba almashish, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Boshqa yangiliklar
-
AKADEMIYA VAKILI “III GENÇLİK FORUMU”DA ISHTIROK ETDI
-
XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
-
MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA
-
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!