EMOTIONS FROM JAPAN: YANGI TAJRIBA — YANGI IMKONIYATLAR!
27.10.2026 / 21:00
13
Yaponiya taraqqiyotining asosi — ta’lim, qonunga hurmat va yuksak madaniyat!
Odil sudlov akademiyasida Yaponiyaga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya huquq tizimi, yapon xalqining o‘ziga xos madaniyati, qonunga itoatkorlik tamoyillari hamda ta’lim va tarbiya tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritildi.
Delegatsiya vakillarining Yaponiya Oliy sudi, Yuridik kadrlarni tayyorlash instituti hamda Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va o‘quv institutiga tashriflari davomida ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Akademiya uchun yangi istiqbollar! Yaponiyada ta’lim olish va malaka oshirish, xalqaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari tomonidan Yaponiyada orttirilgan bilim va tajribalar Akademiya xodimlari bilan o‘rtoqlashilib, ilg‘or yondashuvlarni Akademiya faoliyati va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish istiqbollari belgilab olindi.
Yaponiya tajribasidan muhim xulosa: qonunga hurmat maktabdan, yuksak huquqiy madaniyat esa ta’lim va tarbiyadan boshlanadi!
Boshqa yangiliklar
-
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga sharh kitobi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
-
AKADEMIYA DELEGATSIYASINING YAPONIYAGA TASHRIFI: XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVI
-
AKADEMIYA VAKILI “III GENÇLİK FORUMU”DA ISHTIROK ETDI
-
XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
-
MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI