ODIL SUDLOVDA YANGI AVLOD: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA KIBERBARQARORLIK

02.11.2026 / 16:37
23
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida kiberxavfsizlik, raqamli dalillar hamda sud faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv kursi boshlandi.

Xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sud tizimlari vakillari, amaldagi sudyalar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

O‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari hamda Odil sudlov akademiyasi rektori ishtirok etib, tadbirni kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Tadbir doirasida sud-huquq tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari, sud faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, kiberxavfsizlikni ta’minlash va sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy jihatlari muhokama qilinmoqda.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097