SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI

05.11.2026 / 20:35
19
#

Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun “Sudyaning halolligi, xolisligi va yuksak ma’naviy-axloqiy saviyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi I. Marupov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida mamlakatimizda fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, shuningdek, sudyaning halolligi va xolisligi, uning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda kasbiy mas’uliyati masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, sudyaning odilligi, vijdonliligi va xolisligi nafaqat odil sudlov sifatini, balki fuqarolarning sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097