Новости
MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun 70420115 – "Sud faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul e’lon qiladi.🗓 Qabul muddati: 2026-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar (30-iyul kuni ham).📄 Magistratura dasturi kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tashkil etilib, sud-huquq sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
🎓 Dars mashg‘ulotlari sud tizimida ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan sudyalar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro ekspertlar tomonidan olib boriladi. Bu esa tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda real sud amaliyotiga asoslangan tajriba va ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi.O‘quv jarayonida tinglovchilar sud amaliyotiga oid ish materiallari, protsessual hujjatlar va sud qarorlari bilan ishlash orqali ularni tahlil qilish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradilar.Odil sudlov akademiyasi magistraturasi zamonaviy bilim va yuksak kasbiy salohiyatga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sud-huquq sohasida ilmiy va amaliy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.📌 Magistraturaga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Подробнее
Press-tur doirasidagi muloqot: shaffoflik bosh mezon
Bugun Sudyalar oliy kengashining tashabbusi bilan 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.Press-turda Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ishtirokchilarni qutlab, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan sud islohotlari, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida fikrlarini bildirdi.Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 50 ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari Sudyalar oliy kengashida bo‘lib, sudyalik lavozimlariga eng munosib nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sudyalarning faoliyatini reyting asosida baholab borish borasidagi raqamlashtirish bilan yaqindan tanishishdi.Cudyalar oliy kengashining sudyasi, Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil sho‘basi rahbari Xurshid Sodiqov press-tur ishtirokchilariga Kengash faoliyatining ochiqligini, ayniqsa sudyalarni lavozimga tayinlash jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.Shundan so‘ng ishtirokchilar Odil sudlov akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga sud imitatsiyasi xonasi, sudyalikka nomzodlarni psixologik tayyorlash jarayonlari hamda Axborot-resurs markazining imkoniyatlari namoyish etildi.Tadbir yakunida Sudyalar oliy kengashi tomonidan e’lon qilingan ijodiy tanlov g‘oliblari, faol jurnalist va blogerlar taqdirlandi. Shuningdek, OAV bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.Ijodiy tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:«Eng yaxshi reportaj» — Mo‘tabar Nurmuhammedova, «Sevimli» telekanali «Zamon» dasturi muxbiri;«Eng yaxshi teleko‘rsatuv» — Gulayim Ganiyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti;«Eng yaxshi radioeshittirish» — Xolbibi Safarova, «Navoiy» radiokanali muharriri;«Eng yaxshi internet nashri materiali» — Muhammadqodir Sobirov;«Eng yaxshi bloger materiali» — Nurillo To‘xtasinov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi va mustaqil jurnalist;«Eng yaxshi maqola materiali» — Avazbek Xudoyqulov, «Yangi O‘zbekiston» gazetasi bo‘lim mudiri.Ayniqsa, ijodiy tanlovga ishtirok etgan va «eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 9-sinf o‘quvchisi Zulayho Xursanmurodova ishtirokchilarning diqqatini tortdi. Endigina 15 yoshga to‘lgan Zulayho o‘zi mustaqil ravishda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida radiolavha tayyorlab, tanlovga taqdim etgan.
Ushbu tanlovda ishtirok etish men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida radiolavha tayyorlash jarayonida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldim. «Eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi g‘olibi deb topilganim men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Menga bildirilgan ishonch uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Bu e’tirof kelgusida yanada faol va ijodkor bo‘lishim uchun katta rag‘bat bo‘ldi, —deydi u.
Подробнее
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi
Dastur davomida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, sudyalikka nomzodlarni tayyorlash jarayonlari hamda Odil sudlov akademiyasining bu boradagi o‘rni va faoliyati yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.Shuningdek, Akademiya mutaxassisi tomonidan sud tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Подробнее
ЗАВЕРШИЛИСЬ ОЧЕРЕДНЫЕ КУРСЫ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ ДЛЯ СУДЕЙ
В Академии правосудия Республики Узбекистан успешно завершились очередные курсы повышения квалификации для судей.
В частности, завершились курсы, организованные в традиционной форме обучения для судей межрайонных экономических судов и административных судов, назначенных на пятилетний срок, а также для судей (включая председателей судов), назначенных на бессрочный период.В ходе занятий слушатели укрепили свои знания и навыки по актуальным вопросам судебной практики, современным подходам к применению процессуального законодательства, международным стандартам защиты прав человека, вопросам судебной этики и психологии, а также использованию информационно-коммуникационных технологий и возможностей искусственного интеллекта в судебной системе.По завершении курсов слушателям были вручены сертификаты установленного образца.
Подробнее
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi
✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mudiri;✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri;✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
Kafedra mudiri lavozimiga nomzod:– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n ikki yil (qoida tariqasida, sudyalik lavozimida kamida besh yil) ish stajiga ega bo‘lishi;– falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek qoida tariqasida, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;– rus va/yoki ingliz tilini bilishi;– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kafedra o‘qituvchisi lavozimiga nomzod:– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha, kamida yetti yil (qoida tariqasida, kamida besh yil sudyalik lavozimida) ish stajiga ega bo‘lishi;– qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.– pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, yuridik yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qituvchi hamda sudya bo‘lib ishlagan, xorijiy (rus, ingliz, nemis, fransuz) tillarini biladigan nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi.
Talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov ikki bosqichdan: test sinovlari va ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazishdan iborat. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar ikkinchi bosqich – ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazishda qatnashadilar.🎓 Ochiq dars mashg‘uloti maʼruza shaklida Power Point Presentation/slaydlar yordamida o‘tkazilishi lozim.Eslatma: maʼruza (ochiq dars mashg‘uloti) mavzulari kafedralar predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.🎓 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochtalariga yoki Odil sudlov akademiyasiga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) quyidagi hujjatlarni yuborishlari so‘raladi:✅ ariza (qaysi lavozimga talabgor ekanligi, yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda);✅ maʼlumotnoma (obyektivka).🏆 Arizalar 2026-yil 29-iyun soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.Murojaat uchun Tel.: (55) 501-01-93.
Подробнее
В АКАДЕМИИ ПРАВОСУДИЯ СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА С КООРДИНАТОРОМ ПРОЕКТОВ ОБСЕ
В Академии правосудия Республики Узбекистан состоялась встреча с делегацией во главе с Координатором проектов Организации по безопасности и сотрудничеству в Европе (ОБСЕ) в Узбекистане, Послом Антти Карттуненом.
В ходе встречи ректор Академии Ш.Абдукодиров проинформировал гостей о деятельности Академии, проводимых реформах в судебно-правовой системе, а также о работе по совершенствованию системы подготовки судей и повышения их квалификации.Стороны высоко оценили эффективное сотрудничество между Академией и ОБСЕ, отметив особую значимость и результативность регулярно проводимых для судей республики учебных тренингов по вопросам противодействия киберпреступности.Также были обсуждены перспективные направления дальнейшего взаимодействия между Академией и ОБСЕ, состоялся обмен мнениями по вопросам разработки и утверждения Дорожной карты сотрудничества на 2027–2028 годы. Посол Антти Карттунен высказал ряд предложений, направленных на повышение потенциала в судебно-правовой сфере, организацию современных образовательных программ для судей и внедрение международного опыта.Встреча прошла в духе открытого и конструктивного диалога. Стороны подтвердили готовность к дальнейшему расширению взаимовыгодного сотрудничества и реализации новых совместных инициатив.
Подробнее
Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi
2026-yil 8–12-iyun kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (Commercial Law Development Program – CLDP) hamda Impact Associates tashkiloti hamkorligida Xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi tashkil etildi.Mazkur nufuzli o‘quv dasturida Odil sudlov akademiyasi magistratura dekani, yuridik fanlar doktori, professor Liliya Achilova ishtirok etdi.Xalqaro mediatsiya instituti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 40 soatlik o'quv dasturi doirasida mediatsiyaning zamonaviy yondashuvlari, nizolarni muqobil hal etish usullari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari hamda xalqaro tajribalar muhokama qilindi.Treningda O‘zbekiston Respublikasi va Gruziyadan mediatsiya sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi yuristlar va mediatorlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.Mazkur xalqaro o‘quv kursida ishtirok etish Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mediatsiya institutini rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Подробнее
Повышен профессиональный потенциал в сфере информационных технологий
В Хорезмской области Академией правосудия Республики Узбекистан совместно с Академией правоохранительных органов Республики Узбекистан и Организацией по безопасности и сотрудничеству в Европе (ОБСЕ) был организован учебный курс на тему «Преступления в сфере информационных технологий: от выявления до вынесения судебного решения».
Обучение прошло 11–12 июня. В нем приняли участие судьи, члены Высшего судейского совета Республики Узбекистан и специалисты соответствующих сфер.В ходе занятий были рассмотрены актуальные вопросы противодействия киберпреступности, возможности цифровой криминалистики, методы работы с электронными доказательствами, технологии блокчейн и криптоактивы.По итогам курса участникам были вручены сертификаты. Отмечено, что проведение подобных учебных мероприятий способствует дальнейшему укреплению знаний и практических навыков судей в рассмотрении дел, связанных с информационными технологиями.
Подробнее
К УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ ПРИВЛЕЧЁН ПОЛЬСКИЙ ЭКСПЕРТ
Указом Президента Республики Узбекистан № УП–141 предусмотрено привлечение международных экспертов к образовательным программам, реализуемым в Академии правосудия.В рамках исполнения данной задачи Академию правосудия посетила профессор кафедры уголовного права и криминологии юридического факультета Белостокского университета Республики Польша Катажина Лясковска.
Цель визита — ознакомление судей, проходящих курсы повышения квалификации, с передовым зарубежным опытом в сфере уголовного права и криминологии, а также развитие научного сотрудничества.В ходе визита состоялась встреча с проректором Академии по научной, инновационной и информационно-аналитической работе Н. Салаевым. В ходе беседы были обсуждены перспективные направления сотрудничества и ожидаемые результаты совместной деятельности.Затем профессор Катажина Лясковска выступила перед слушателями Академии с лекцией на тему «Современное состояние преступности в Польше и факторы её развития».Для справки: Катажина Лясковска является заведующей кафедрой уголовного права и криминологии юридического факультета Белостокского университета, известным специалистом в области криминологии и уголовного права. Она является автором более 240 научных работ. Основными направлениями её исследований являются организованная преступность, государственная безопасность, семейное насилие и криминологические проблемы стран Центральной Азии.
Подробнее