News

...

MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun 70420115 – "Sud faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul e’lon qiladi.🗓 Qabul muddati: 2026-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar (30-iyul kuni ham).📄 Magistratura dasturi kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tashkil etilib, sud-huquq sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. 🎓 Dars mashg‘ulotlari sud tizimida ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan sudyalar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro ekspertlar tomonidan olib boriladi. Bu esa tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda real sud amaliyotiga asoslangan tajriba va ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi.O‘quv jarayonida tinglovchilar sud amaliyotiga oid ish materiallari, protsessual hujjatlar va sud qarorlari bilan ishlash orqali ularni tahlil qilish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradilar.Odil sudlov akademiyasi magistraturasi zamonaviy bilim va yuksak kasbiy salohiyatga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sud-huquq sohasida ilmiy va amaliy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.📌 Magistraturaga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Read More
...

Press-tur doirasidagi muloqot: shaffoflik bosh mezon

Bugun Sudyalar oliy kengashining tashabbusi bilan 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.Press-turda Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ishtirokchilarni qutlab, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan sud islohotlari, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida fikrlarini bildirdi.Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 50 ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari Sudyalar oliy kengashida bo‘lib, sudyalik lavozimlariga eng munosib nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sudyalarning faoliyatini reyting asosida baholab borish borasidagi raqamlashtirish bilan yaqindan tanishishdi.Cudyalar oliy kengashining sudyasi, Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil sho‘basi rahbari Xurshid Sodiqov press-tur ishtirokchilariga Kengash faoliyatining ochiqligini, ayniqsa sudyalarni lavozimga tayinlash jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.Shundan so‘ng ishtirokchilar Odil sudlov akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga sud imitatsiyasi xonasi, sudyalikka nomzodlarni psixologik tayyorlash jarayonlari hamda Axborot-resurs markazining imkoniyatlari namoyish etildi.Tadbir yakunida Sudyalar oliy kengashi tomonidan e’lon qilingan ijodiy tanlov g‘oliblari, faol jurnalist va blogerlar taqdirlandi. Shuningdek, OAV bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.Ijodiy tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:«Eng yaxshi reportaj» — Mo‘tabar Nurmuhammedova, «Sevimli» telekanali «Zamon» dasturi muxbiri;«Eng yaxshi teleko‘rsatuv» — Gulayim Ganiyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti;«Eng yaxshi radioeshittirish» — Xolbibi Safarova, «Navoiy» radiokanali muharriri;«Eng yaxshi internet nashri materiali» — Muhammadqodir Sobirov;«Eng yaxshi bloger materiali» — Nurillo To‘xtasinov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi va mustaqil jurnalist;«Eng yaxshi maqola materiali» — Avazbek Xudoyqulov, «Yangi O‘zbekiston» gazetasi bo‘lim mudiri.Ayniqsa, ijodiy tanlovga ishtirok etgan va «eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 9-sinf o‘quvchisi Zulayho Xursanmurodova ishtirokchilarning diqqatini tortdi. Endigina 15 yoshga to‘lgan Zulayho o‘zi mustaqil ravishda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida radiolavha tayyorlab, tanlovga taqdim etgan. Ushbu tanlovda ishtirok etish men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida radiolavha tayyorlash jarayonida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldim. «Eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi g‘olibi deb topilganim men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Menga bildirilgan ishonch uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Bu e’tirof kelgusida yanada faol va ijodkor bo‘lishim uchun katta rag‘bat bo‘ldi, —deydi u.
Read More
...

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi

Dastur davomida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, sudyalikka nomzodlarni tayyorlash jarayonlari hamda Odil sudlov akademiyasining bu boradagi o‘rni va faoliyati yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.Shuningdek, Akademiya mutaxassisi tomonidan sud tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Read More
...

REGULAR ADVANCED TRAINING COURSES FOR JUDGES COMPLETED

The regular advanced training courses organized for judges at the Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan have been successfully completed. In particular, the courses conducted in a traditional learning format for inter-district economic court judges and administrative court judges appointed for a five-year term, as well as for judges (including court chairpersons) appointed for an indefinite term, have come to an end.During the training, participants strengthened their knowledge and skills in current issues of judicial practice, modern approaches to the application of procedural legislation, international human rights standards, judicial ethics and psychology, as well as the use of information and communication technologies and artificial intelligence in the judicial system.Upon completion of the courses, participants were awarded certificates of the established format.
Read More
...

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi

✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mudiri;✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri;✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi o‘qituvchisi;✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzod:– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n ikki yil (qoida tariqasida, sudyalik lavozimida kamida besh yil) ish stajiga ega bo‘lishi;– falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek qoida tariqasida, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;– rus va/yoki ingliz tilini bilishi;– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Kafedra o‘qituvchisi lavozimiga nomzod:– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha, kamida yetti yil (qoida tariqasida, kamida besh yil sudyalik lavozimida) ish stajiga ega bo‘lishi;– qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.– pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, yuridik yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qituvchi hamda sudya bo‘lib ishlagan, xorijiy (rus, ingliz, nemis, fransuz) tillarini biladigan nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi. Talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov ikki bosqichdan: test sinovlari va ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazishdan iborat. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar ikkinchi bosqich – ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazishda qatnashadilar.🎓 Ochiq dars mashg‘uloti maʼruza shaklida Power Point Presentation/slaydlar yordamida o‘tkazilishi lozim.Eslatma: maʼruza (ochiq dars mashg‘uloti) mavzulari kafedralar predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.🎓 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochtalariga yoki Odil sudlov akademiyasiga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) quyidagi hujjatlarni yuborishlari so‘raladi:✅ ariza (qaysi lavozimga talabgor ekanligi, yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda);✅ maʼlumotnoma (obyektivka).🏆 Arizalar 2026-yil 29-iyun soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.Murojaat uchun Tel.: (55) 501-01-93.
Read More
...

MEETING WITH THE OSCE PROJECT CO-ORDINATOR HELD AT THE ACADEMY OF JUSTICE

A meeting was held at the Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan with a delegation headed by Ambassador Antti Karttunen, OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan. During the meeting, Rector of the Academy Sherzod Abduqodirov presented information on the Academy’s activities, ongoing judicial and legal reforms, as well as efforts aimed at improving the system of judicial training and professional development of judges.The parties highly appreciated the effective cooperation established between the Academy and the OSCE. In particular, they emphasized the importance and effectiveness of the regular training sessions organized for judges across the country on combating cybercrime.The meeting also focused on promising areas of future cooperation between the Academy and the OSCE. The participants exchanged views on the development and approval of a Cooperation Roadmap for 2027–2028. Ambassador Antti Karttunen put forward proposals aimed at strengthening capacity in the judicial sector, organizing modern training programs for judges, and introducing international best practices.The meeting was held in an open and constructive atmosphere. Both sides expressed their readiness to further expand mutually beneficial cooperation and implement new joint initiatives.
Read More
...

Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi

2026-yil 8–12-iyun kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (Commercial Law Development Program – CLDP) hamda Impact Associates tashkiloti hamkorligida Xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi tashkil etildi.Mazkur nufuzli o‘quv dasturida Odil sudlov akademiyasi magistratura dekani, yuridik fanlar doktori, professor Liliya Achilova ishtirok etdi.Xalqaro mediatsiya instituti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 40 soatlik o'quv dasturi doirasida mediatsiyaning zamonaviy yondashuvlari, nizolarni muqobil hal etish usullari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari hamda xalqaro tajribalar muhokama qilindi.Treningda O‘zbekiston Respublikasi va Gruziyadan mediatsiya sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi yuristlar va mediatorlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.Mazkur xalqaro o‘quv kursida ishtirok etish Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mediatsiya institutini rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Read More
...

Professional Capacity Enhanced in the Field of Information Technologies

A training course entitled “Crimes in the Field of Information Technologies: From Detection to Judicial Decision” was organized in the Khorezm region by the Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan in cooperation with the Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan and the Organization for Security and Co-operation in Europe (OSCE). The training was held on 11–12 June and brought together judges, members of the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan, and experts in the relevant field.During the sessions, participants discussed current issues related to combating cybercrime, the use of digital forensics, methods of handling electronic evidence, blockchain technologies, and crypto-assets.At the conclusion of the course, certificates were awarded to the participants. It was noted that such training programs contribute to strengthening the knowledge and practical skills of judges in adjudicating cases related to information technologies.
Read More
...

POLISH EXPERT ENGAGED IN THE EDUCATIONAL PROCESS

In accordance with Presidential Decree No. PF–141 of the Republic of Uzbekistan, the Academy of Justice is tasked with engaging international experts in its educational programs.As part of the implementation of this task, Professor Katarzyna Laskowska of the Department of Criminal Law and Criminology at the Faculty of Law of the University of Białystok (Poland) visited the Academy of Justice. The purpose of the visit was to introduce judges attending professional development courses to advanced foreign experience in criminal law and criminology, as well as to strengthen academic cooperation.During the visit, Professor Laskowska met with N. Salayev, Vice-Rector for Research, Innovation, and Information-Analytical Affairs of the Academy. The parties discussed prospective areas of cooperation and expected outcomes of future joint activities.Professor Katarzyna Laskowska then delivered a lecture for Academy participants on the topic “The Current State of Crime in Poland and the Factors Influencing Its Development.”For reference, Professor Katarzyna Laskowska is the Head of the Department of Criminal Law and Criminology at the Faculty of Law of the University of Białystok and a renowned scholar in criminology and criminal law. She is the author of more than 240 scientific publications. Her research focuses on organized crime, state security, domestic violence, and criminological issues in Central Asian countries.
Read More