MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
09.11.2026 / 21:12
13
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun “Ilmiy (huquqiy) tadqiqotlar metodologiyasi” fani doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tanishtiruv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar kutubxonaning tarixi, tuzilmasi va asosiy fondlari, huquqiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar hamda dissertatsiyalar fondi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, elektron katalog va raqamli resurslardan, jumladan, media.natlib.uz platformasidan foydalanish, ilmiy manbalarni izlash, saralash va ulardan to‘g‘ri iqtibos keltirish tartibi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur mashg‘ulot magistratura tinglovchilarining ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, dissertatsiya ishlarini tayyorlashda ishonchli manbalardan samarali foydalanish hamda axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI
-
Xalqaro delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida
-
XALQARO O‘QUV KURSI YAKUNLANDI