Yangiliklar
ODIL SUDLOVNING YANGI AVLODI: SUN’IY INTELLEKT, RAQAMLI ISHONCH VA SUD TIZIMLARINING KIBERBARQARORLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026-yil 2–4-noyabr kunlari “Odil sudlovning yangi avlodi: sun’iy intellekt, raqamli ishonch va sud tizimlarining kiberbarqarorligi” mavzusida xalqaro o‘quv kursi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan amaldagi sudyalar ishtirok etishi kutilmoqda.Xalqaro o’quv kursi sud-huquq sohasida ilg‘or tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitidagi zamonaviy muammolarni muhokama qilish hamda sudyalar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
Akademiyada yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat va kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va magistrlar, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i K.Suyarov, “Suvni birgalikda asraymiz” loyihasi rahbari M.Abdujalilova, “Yo‘lovchi” loyihasi rahbari T.Eshboyev hamda “IELTS marafon” loyihasi rahbari J.Muhammadov ishtirok etdi.Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlash va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlikni e’tirof etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlari taqdirlandi.
Batafsil
GDANSK UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Odil sudlov akademiyasida Polshaning Gdansk universiteti rektori, Polsha universitetlari rektorlari konferensiyasi prezidenti, Polsha Fanlar akademiyasi a’zosi, professor Pyotr Stepnovskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuvda Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.⏺ Qayd etilganidek, ayni paytda Akademiya va Gdansk universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasi vakillari ham amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.❓ Muloqot davomida hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi:🔹 Odil sudlov akademiyasi va Gdansk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash;🔹 Akademiya tinglovchilari va magistratura talabalari uchun Gdansk universitetida stajirovkalar tashkil etish;🔹 Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuv va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;🔹 Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va akademik tadbirlarni tashkil etish;🔹 Zamonaviy ta’lim metodikalari va xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish.Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda kelgusidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.🌐 Mazkur uchrashuv Odil sudlov akademiyasining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va kadrlar tayyorlash tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Batafsil
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARI YURIDIK XIZMAT XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari yuridik xizmat xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ushbu sohada yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi hamda mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikni qo‘llash amaliyotini o‘rgandilar.Shuningdek, ma’muriy sud hujjatlari ijrosini ta’minlash, sudlarga ariza, shikoyat va iltimosnomalar kiritish tartibi, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari qarorlarini huquqiy jihatdan asoslash hamda kadastr organlari mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.Mashg‘ulotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda advokat so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarning sudlarda ko‘rilishiga alohida e’tibor qaratildi.Nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlanib, tinglovchilarning qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash, huquqiy hujjatlarni tayyorlash va sud jarayonlarida samarali ishtirok etish ko‘nikmalari rivojlantirildi.Kurs yakunida tinglovchilar bilimini baholash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga kursni tamomlaganlik sertifikatlari topshirildi.
Tinglovchi fikriMalaka oshirish kursi tinglovchilaridan biri o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:«Mazkur malaka oshirish kursi kasbiy faoliyatimizda uchraydigan masalalarni chuqurroq anglash, qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash va amaliy ko‘nikmalarimizni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar biz uchun foydali bo‘ldi».
Batafsil
Odil sudlov akademiyasi vakili Maltadagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi
2026-yil 26–28-oktabr kunlari Maltaning Valletta shahrida Hedayah markazi va Xalqaro adliya va qonun ustuvorligi instituti (IIJ) hamkorligida RC26 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Odil sudlov akademiyasi professori Dilshod Isroilov “Terrorizmga oid ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning salohiyatini mustahkamlash: O‘zbekistonning tergov va sud amaliyotidan misollar” mavzusida ma’ruza qildi.Unda terrorizmga oid ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli dalillarni baholash va adolatli sud muhokamasi kafolatlarini ta’minlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi yoritildi.Konferensiya doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va tajriba almashish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Batafsil
EMOTIONS FROM JAPAN: YANGI TAJRIBA — YANGI IMKONIYATLAR!
Yaponiya taraqqiyotining asosi — ta’lim, qonunga hurmat va yuksak madaniyat!
Odil sudlov akademiyasida Yaponiyaga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya huquq tizimi, yapon xalqining o‘ziga xos madaniyati, qonunga itoatkorlik tamoyillari hamda ta’lim va tarbiya tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritildi. Delegatsiya vakillarining Yaponiya Oliy sudi, Yuridik kadrlarni tayyorlash instituti hamda Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va o‘quv institutiga tashriflari davomida ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.Akademiya uchun yangi istiqbollar! Yaponiyada ta’lim olish va malaka oshirish, xalqaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari tomonidan Yaponiyada orttirilgan bilim va tajribalar Akademiya xodimlari bilan o‘rtoqlashilib, ilg‘or yondashuvlarni Akademiya faoliyati va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish istiqbollari belgilab olindi.Yaponiya tajribasidan muhim xulosa: qonunga hurmat maktabdan, yuksak huquqiy madaniyat esa ta’lim va tarbiyadan boshlanadi!
Batafsil
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga sharh kitobi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh kitobining taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori ham ishtirok etdi.
Tadbir Oliy sud, Osiyo taraqqiyot banki va Konrad Adenauer jamg‘armasi hamkorligida tayyorlangan, 820 sahifadan iborat sharh kitobining mazmun-mohiyati va ilmiy-amaliy ahamiyatini muhokama qilishga bag‘ishlandi.Nashrda Qonunning barcha 17 bobi qamrab olinib, uning har bir moddasi mazmuni, huquqiy maqsadi, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda sud amaliyotida qo‘llanilishi batafsil yoritilgan.Tadbir davomida to‘lovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni sudlarda ko‘rib chiqish, sud nazoratining samaradorligini ta’minlash, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, to‘lov qobiliyatini tiklash hamda mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi.Shuningdek, sharhni tayyorlashda milliy qonunchilik va sud amaliyoti bilan bir qatorda xalqaro tajriba hamda xalqaro tashkilotlarning tegishli hujjatlaridan foydalanilgani ta’kidlandi.Mazkur nashr qonun normalarini amaliyotda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, huquqiy aniqlikni ta’minlash, sud qarorlari sifati va barqarorligini oshirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada rivojlantirishda muhim amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Batafsil
AKADEMIYA DELEGATSIYASINING YAPONIYAGA TASHRIFI: XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov boshchiligidagi, Akademiya hamda Sudyalar oliy kengashi vakillaridan iborat delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
👥 Tashrif doirasida delegatsiya Yaponiya Oliy sudi, Yuridik tayyorgarlik va tadqiqotlar instituti (LTRI), shuningdek, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot va o‘quv instituti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda sud-huquq sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiyada sudyalikka nomzodlarni tayyorlash, sud kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash borasidagi tajribaga alohida e’tibor qaratildi.💼 Shuningdek, delegatsiya O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida sud-huquq va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.🤝 Muzokaralar yakunida o‘zaro tajriba almashish, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Batafsil
AKADEMIYA VAKILI “III GENÇLİK FORUMU”DA ISHTIROK ETDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat va kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi I. G‘afforov O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TÜRKSOY tomonidan tashkil etilgan III Turkiy dunyo yoshlari uchrashuvi — “III Gençlik Forumu”da ishtirok etdi.
Forum turkiy dunyo yoshlarining dolzarb ijtimoiy muammolar yuzasidan fikr almashishi, ularning yechimiga qaratilgan taklif va g‘oyalarni ishlab chiqishi, shuningdek, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.Tadbir doirasida turkiy tilli davlatlar yoshlari bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.Forumda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalar Akademiya faoliyatida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va yangi ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Batafsil