Yangiliklar

...

SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.📢 Bugun Toshkent shahrida “Sud-ekspertlik faoliyatida psixologik portretlash va profayling” mavzusida “Sud-psixologik ekspertiza va psixolog ishtirokidagi kompleks ekspertizaning dolzarb masalalari” V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.  Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Kanada va Shveytsariyadan soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.🤝 Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.📄 Memorandum sud-huquq sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, sudyalar va sud tizimi xodimlarining psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, sud faoliyatida zamonaviy psixologik yondashuvlardan foydalanishni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.Shuningdek, tomonlar sud psixologiyasi, psixologik portretlash va profayling, voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ishlar, sud-ekspertlik faoliyatida psixologik bilimlardan foydalanish, ilmiy-tadqiqot faoliyati, o‘zaro tajriba almashish, seminar va treninglar tashkil etish hamda mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.🔹 Mazkur memorandum sud kadrlarining psixologik va kasbiy kompetensiyalarini yuksaltirish, sud-ekspertlik faoliyatida zamonaviy psixologik yondashuvlarni rivojlantirish hamda sud-psixologiyasi yo‘nalishida amaliy va ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xalqaro miqyosdagi muhim natijani qayd etdi.🔝 Akademiya UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida 110 ta davlatning 2 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasasi orasida 901-o‘rinni egallab, TOP-1000 talikdan joy oldi.🔼 Mazkur natija Akademiyaning barqaror rivojlanish, zamonaviy ta’lim muhiti va ekologik mas’uliyat yo‘nalishlaridagi faoliyati xalqaro reyting mezonlari asosida baholanganini ko‘rsatadi.   Eng muhimi, Akademiyaning ushbu nufuzli xalqaro reytingda qayd etilishi uning xalqaro ta’lim makonidagi o‘rni va tanilishi kengayib borayotganini ifodalovchi muhim natijalardan biridir. UI GreenMetric — 2026-yilgi reytinglar
Batafsil
...

Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida yoshlarning shaxsiy va ma’naviy kamoloti, mustaqil fikrlashi, mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi. 🎙 Muloqotda “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov ishtirok etib, yoshlarning shaxsiy kamoloti, ma’naviy barqarorligi, mas’uliyati va hayotiy maqsadlarini shakllantirish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Batafsil
...

“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”

“UzA”da Odil sudlov akademiyasi Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Saida Mahmudova bilan “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning O‘zbekiston huquqiy tizimi va sud amaliyotiga ta’siri yuzasidan suhbat e’lon qilindi. Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining huquqiy maqomi, Toshkent xalqaro tijorat sudining yurisdiksiyasi, iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos jihatlari, sud va arbitraj o‘rtasidagi munosabatlar, ta’minlash choralari, sud qarorlarini ijro etish hamda qo‘llaniladigan huquq masalalari haqida fikr yuritilgan.Shuningdek, xalqaro tijorat sudlovining rivojlanishi sharoitida sudyalar va yuridik kadrlar uchun zarur bo‘ladigan yangi bilim va ko‘nikmalar, jumladan, xalqaro tijorat huquqi, moliyaviy instrumentlar, korporativ boshqaruv, raqamli aktivlar va elektron dalillar bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan.📌 Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining faoliyati doirasida milliy iqtisodiy sudlov tizimi bilan bog‘liq yangi huquqiy va amaliy mexanizmlar haqida so‘z yuritiladi. Batafsil o'qish
Batafsil
...

XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Odil sudlov akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Elchi Yuy Szyun Akademiya rektori Sherzod Abduqodirov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.Uchrashuvda huquqiy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish hamda tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar uchun Akademiya bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.Tomonlar huquq sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Batafsil
...

MA'MURIY ODIL SUDLOV: YANGI BOSQICH

Eng muhim gʻoya: Ma'muriy odil sudlovda asosiy e'tibor nafaqat buzilgan huquqni tiklashga, balki huquq buzilishining oldini olish va davlat organlari qarorlari ustidan samarali sud nazoratini ta'minlashga qaratilmoqda. Davlatimiz rahbariga ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdim etildi. 📊Raqamlar nimani koʻrsatadi?2017 yildan buyon ma'muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish koʻrib chiqilgan. 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan. Shuningdek, mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 27 mingga yaqin xususiy ajrim chiqarilgan.✔️Yangi bosqichda nimalar taklif etilmoqda?sudga murojaat qilishning 4 turdagi da'vo shaklini joriy etish;huquq buzilishidan oldin uni himoya qilishga qaratilgan proaktiv sud himoyasini ta'minlash;davlat organining qonunbuzilishini tan olish haqida muddatsiz murojaat qilish imkoniyatini yaratish;mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita ma'muriy sudga murojaat qilish huquqini berish;davlat organlarining diskresion vakolatlaridan qonuniy va asosli foydalanganini sud tomonidan tekshirish;sud qarorlarining soʻzsiz ijrosini ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish.💡E'tiborli jihat:Bu yondashuv ma'muriy sudni faqat sodir boʻlgan huquqbuzilish oqibatlarini bartaraf etuvchi institut emas, balki davlat organlari faoliyati ustidan samarali sud nazoratini amalga oshiruvchi va huquq buzilishining oldini olishga xizmat qiluvchi mexanizm sifatida yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.🖥Huquqshunoslar uchun esa yangi masala:Endi ma'muriy sudlovda nafaqat «qaror qonuniymi?», balki «davlat organi ushbu qarorni qanday asoslar va qanday jarayon asosida qabul qildi?» degan savol ham muhim ahamiyat kasb etadi.✍️Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri I.Ergashev
Batafsil
...

Sudyalarning psixologik barqarorligi — odil sudlovning muhim omili

Sirdaryo viloyati sudyalari uchun sudyalarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda kasbiy faoliyatda ruhiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida sudyalarning kasbiy faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli vaziyatlarni samarali boshqarish, psixologik barqarorlikni saqlash va murakkab holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Batafsil
...

Umrini el-yurt xizmatiga baxshida etgan insonlar doimo eʼzoz va ehtiromga loyiq

Umrini el-yurt xizmatiga baxshida etgan insonlar doimo eʼzoz va ehtiromga loyiq. Shu maʼnoda, Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan Halima Muhitdinova ham uzoq yillar sud-huquq tizimida samarali faoliyat olib borgan, o‘z hayotini xalq xizmatiga bag‘ishlagan fidoyilardan edi. Ustozning nomini abadiylashtirish, uning ibratli hayotini yoshlarga namuna qilib ko‘rsatish maqsadida Namangan shahrida Halima Muhitdinova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbir tashkil etildi.Prezident Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar Assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi rahbarlari, shuningdek viloyatlardan kelgan sud faxriylari ishtirok etgan xotira tadbiri avvalida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Halima Muhitdinova nomidagi akademik litseyda sud-huquq fidoyisining hayoti yo‘li, amalga oshirgan ezgu ishlariga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. U kishining xotirasini abadiylashtirish maqsadida taʼlim dargohiga Halima Muhitdinova byusti o‘rnatilib, xotira muzeyi tashkil etildi. Tadbir avvalida mehmonlar tomonidan H.Muhitdinova byusti ochilib, poyiga gullar qo‘yildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar xotira muzeyida bo‘lib, Halima Muhitdinova hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eksponatlar, ish buyumlari bilan tanishdilar.- Men Halima Muhitdinova nomidagi akademik litseyda taʼlim olayotganimdan xursandman, - deydi taʼlim muassasasining 1-bosqich o‘quvchisi Munzira Rahmatullayeva. Albatta, kelajakda mazkur muassasani tamomlab, Halima Muhitdinova kabi fidoyi huquqshunos bo‘lmoqchiman.Shundan so‘ng xotira tadbiri Namangan viloyati musiqali drama teatrida davom etdi. So‘zga chiqqan sud tizimi faxriylari, mehmonlar Halima Muhitdinovaning mehnat faoliyatiga to‘xtalib, ko‘rsatgan xizmatlari, jasorat va fidoyiliklari haqida so‘zlab berdilar.Tadbir davomida Halima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Matonat malikasi” nomli kitob va shu nomdagi hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, sud-huquq fidoyisiga bag‘ishlab sahnalashtirilgan teatr kompozitsiyasi tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.- Bugun opamiz Halima Muhitdinovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirilgan ezgu ishlari ko‘rib, ko‘zimizga yosh keldi, - deydi H. Muhitdinovaning jiyani Sanobar Soliyeva. Darhaqiqat, Halima opa  har qanday vaziyatda ham kasbiga sodiq qolib, xalq manfaatini birinchi darajaga qo‘ygan inson bo‘lganlar. Bunday ayolning jiyani ekanimizdan faxrlanamiz.Tantanali tadbir davomida shuningdek, Halima Muhitdinova hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab kuylangan “Adolat quyoshi” nomli qo‘shiq premyerasi ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga yozuvchilar tomonidan “Umr saodati” doston-poemasi, “Mehrning mangu qo‘shig‘i” nomli drama yozilib, gazetalarla eʼlon qilingani aytildi. Ayni shu ishlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ijodkorlarga Namangan viloyati hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.- Bugungi hujjatli film hamda teatr kompazitsiyasi orqali ustoz huquqshunos Halima Muhitdinovaning Oliy sud raisi sifatida amalga oshirgan ishlari, tizim rivoji yo‘lidagi jonbozliklariga guvoh bo‘ldik, deydi Namangan viloyati sudi sudyasi Nargiza Ahadova.Albatta, bu kabi tadbirlar Halima Muhitdinova kabi fidoyi insonlarning xotirasini abadiylashtirish, ularning umr yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.
Batafsil
...

“TADBIRKOR AYOLLAR VA DAVLAT: OCHIQ MULOQOT VA YANGI IMKONIYATLAR”

Odil sudlov akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Xalqaro Ishbilarmon Ayollar Assotsiatsiyasi (ADJ) hamkorligida “Tadbirkor ayollar va davlat: ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar” mavzusida brifing o‘tkazildi. Brifingda tadbirkor ayollar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va kasbiy salohiyatini oshirish hamda sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari vakillari, tadbirkor ayollar, ekspertlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Brifing yakunida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar bildirildi.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097