Yangiliklar

...

Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

“Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Abduqodirov boshchiligida Akademiya xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida sud ekspertizasi sohasining bugungi holati, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaning ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.Markazning 75 yilligi munosabati bilan sud ekspertizasi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, sohaga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol soha xodimlari tantanali ravishda taqdirlandi.75 yillik tarix — bu nafaqat muhim sana, balki boy tajriba, ilmiy salohiyat, shakllangan kasbiy an’analar va mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlashga qo‘shilgan munosib hissaning yorqin ifodasidir.
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORINING YANGI O‘QUV YILI MUNOSABATI BILAN MUROJAATI

Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz tinglovchilar va magistrantlar! O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026–2027 o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan barchangizni, Akademiya jamoasining har bir a’zosini samimiy muborakbod etaman! Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sudlarning mustaqilligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda. Bu islohotlarning samarasi, eng avvalo, sud-huquq tizimida faoliyat yuritadigan kadrlarning bilimi, kasbiy mahorati va ma’naviy fazilatlariga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son Farmoni asosida tashkil etilgan Odil sudlov akademiyasi sudyalikka nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maskanidir. Bu yilgi qabul natijalari Akademiyaga bo‘lgan ishonch va qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatdi. Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga 849 nafar talabgor hujjat topshirgan bo‘lsa, ular orasidan belgilangan mezonlar asosida 112 nafar nomzod saralab olindi. Magistraturaga esa 872 nafar talabgordan 61 nafari qabul qilindi. Magistratura dasturining Akademiya tarixida ilk bor yo‘lga qo‘yilgani biz uchun alohida faxr va katta mas’uliyatdir. Aziz tinglovchilar va magistrantlar! Siz kuchli raqobatdan o‘tib, saralanganlar qatoridan joy oldingiz. Bu – bilimingiz va mehnatingizning e’tirofi, ayni paytda jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyatning boshlanishidir. Ertaga sizning qarorlaringizga inson taqdiri, oilalar osoyishtaligi va jamiyatning adolatga bo‘lgan ishonchi bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun har bir dars, har bir amaliy mashg‘ulot va sud jarayoni simulyatsiyasiga kelajakdagi kasbiy faoliyatingizning poydevori sifatida qarang. Biz sizdan faqat diplom emas, balki mustaqil fikrlaydigan, qonunni chuqur biladigan va adolatli qaror qabul qilish mas’uliyatini his etadigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizni kutamiz. Hurmatli hamkasblar! Davlatimiz rahbarining 2026-yil 14-avgustdagi PF–160-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi oldimizga yanada yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Strategiyada “xalqchil sud”, “adolat qo‘rg‘oni”, “kafolatlangan adolat”, “raqamli odil sudlov” va “xalqaro e’tirof” kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Akademiyani xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish, sud kadrlarini tayyorlashning uzluksiz tizimini — magistratura, qayta tayyorlash, amaliyot, baholash va doimiy malaka oshirish zanjirini yo‘lga qo‘yish vazifasi bevosita bizning zimmamizdadir. Shu maqsadda yangi o‘quv yilida asosiy e’tiborimizni quyidagi yo‘nalishlarga qaratamiz: ➖  o‘quv jarayonini amaliyotga yanada yaqinlashtirish, sud jarayonlari simulyatsiyasi hamda tajribali sudyalar ishtirokidagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish; ➖  raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalarini ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish; ➖ ilmiy faoliyatni kuchaytirish, sud amaliyotiga doir dissertatsiya tadqiqotlari va ilmiy-amaliy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash; ➖ xorijiy sudyalar tayyorlash muassasalari va nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish; ➖ “Pro Bono” yuridik klinikasi faoliyatini rivojlantirish orqali tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish. Sudya uchun chuqur bilim qanchalik muhim bo‘lsa, halollik, xolislik va poklik ham shunchalik zarur. Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, kasb odobi va sudya sha’niga sadoqat Akademiyamizda ta’lim-tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Qadrli professor-o‘qituvchilar! Tinglovchilarimiz ertaga qanday mutaxassis bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan sizning bilimingiz, tajribangiz va shaxsiy ibratingizga bog‘liq. Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham o‘z salohiyatingizni namoyon etib, har bir mashg‘ulotni mazmunli va samarali tashkil etasiz. Barchangizni yangi o‘quv yili boshlangani bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. O‘qish va izlanishlaringiz yuksak natijalar bilan yakunlansin, kelajakdagi faoliyatingiz adolat va qonun ustuvorligiga xizmat qilsin! O‘zbekiston Respublika Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Y. Abduqodirov
Batafsil
...

Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Xitoydan soha ekspertlari, xalqaro arbitraj va mediatsiya mutaxassislari, advokatlar, olimlar hamda sudyalar ishtirok etdi.Konferensiyada iqtisodiy nizolarni mediatsiya va arbitraj orqali hal etish, sudgacha nizolarni bartaraf etish mexanizmlari, mediativ kelishuvlarni ijroga qaratish, raqamli mediatsiyaning imkoniyatlari va huquqiy xavflari, shuningdek, transchegaraviy tijorat nizolarida mediatsiyadan foydalanish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan xorijiy davlatlarning mediatsiya sohasidagi ilg‘or tajribasi, iqtisodiy nizolarni sudgacha hal etishning samarali usullari hamda nizolarni muqobil hal etishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.Konferensiyada bildirilgan fikr va takliflar iqtisodiy nizolarni tezkor va samarali hal etish, mediatsiya va arbitraj institutlarini rivojlantirish, sudlar ish yuklamasini kamaytirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Batafsil
...

Navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi. Mazkur o‘quv dasturi “Inson” markazlari mas’ul xodimlarining oilaviy va fuqarolik huquqi sohasidagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, sud jarayonlarida bolalar va oilalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.Kurslar davomida tinglovchilarga sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar, huquqiy tavakkalchiliklarni boshqarish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertizaning dolzarb masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Oliy sud va Toshkent shahar sudlarida faoliyat yuritayotgan ko‘p yillik tajribaga ega sudyalar ishtirokida olib borildi.Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlari orqali baholandi. Natijalarga ko‘ra, barcha ishtirokchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi qayd etilib, kurs yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.
Batafsil
...

Akademiyada yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari hamda magistraturaga qabul qilingan magistrantlar uchun yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Akademiya rahbariyati, sud-huquq sohasi vakillari, hamkor tashkilotlar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan tinglovchilar, OAV vakillari ishtirok etdi.Tadbir davomida yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishi, tabrik so‘zlari va tinglovchilarga ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, tinglovchi va magistrantlar so‘zga chiqib, o‘zlarining fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.Shuningdek, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim jarayonini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Akademiyaning professor-o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Tantanali ochilish marosimi yakunlanganidan so‘ng kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun ilk o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlarda tinglovchilarga o‘quv dasturlari doirasida dastlabki mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.Tadbirning asosiy maqsadi — sudyalik lavozimiga nomzodlarni sifatli tayyorlash, sud kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim va sud amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali sud kadrlarini shakllantirishdan iborat.Yangi o‘quv yilining boshlanishi O‘zbekistonda sud-huquq sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Batafsil
...

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Aziz va muhtaram ustozlar!Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mehnatingiz va ustozlik faoliyatingiz doimo e’zozda bo‘lsin!Sizning bilim va tajribangiz kelajakdagi professional kadrlar salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilsin!
Batafsil
...

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ilmiy jarayonlar, shuningdek, belgilangan vazifalarning ijro holati muhokama qilindi. Mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.Muhokamalar yakunida ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Batafsil
...

Мalaka oshirish kurslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘balarining mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarda Odil sudlov akademiyasi professori E.Sabirov tomonidan “Aliment undirish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari” hamda Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev tomonidan "Uy-joy nizolari va qarzni undirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarining sudda ko‘rib chiqilishi"ga oid mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.Mashg‘ulotlarda mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi, dalillarni baholash va sud amaliyotida e’tibor qaratiladigan masalalar muhokama qilindi.
Batafsil
...

Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi o‘tkazilmoqda

2026-yil 28–29-sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tmoqda.Forumda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori va xodimlari ham ishtirok etmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan. Forum “Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60 yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligi: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan.Forumning yakuniy bosqichi 29-sentabr kuni Samarqand shahridagi Registon maydoni, Ulug‘bek madrasasida bo‘lib o‘tadi. Yalpi majlisda parallel sessiyalar natijalari umumlashtirilib, inson huquqlarini himoya qilishning universal tizimini mustahkamlashga qaratilgan xulosa va amaliy takliflar taqdim etiladi.Shu tariqa, V Samarqand forumi milliy va xalqaro ekspertlar, davlat organlari, BMT tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida inson huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097