Yangiliklar
AKADEMIK HALOLLIK VA ETIK YUKSALISH KENGASHINING YANGI TARKIBI TASDIQLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Akademik halollik va etik yuksalish kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.
⚖️ Kengash faoliyati Akademiyada akademik halollik va professional etika tamoyillarini mustahkamlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini rivojlantirishga qaratilgan.📚 Kengash oldiga quyidagi muhim vazifalar qo‘yilgan:⏺ ta’lim va ilmiy jarayonlarga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish;⏺ zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interaktiv uslublarni keng joriy qilish;⏺ ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish;⏺ o‘quv jarayonlarini zarur ta’lim resurslari bilan ta’minlash;⏺ akademik halollik va professional etika tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.🫥 Kengashning yangi tarkibi Akademiyada sifatli ta’lim, ilmiy izlanishlar va akademik halollik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
AKADEMIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT HUQUQLARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar prokuraturasi vakillari korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi hamda xizmat odobi masalalari yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.Muloqotning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-518-son qarori mazmun-mohiyati muhokama qilindi.Ushbu hujjatlar doirasida Akademiyada xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish joyida tazyiq va kamsitish holatlarining oldini olish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, Akademiya faoliyatida qonuniylik, halollik, shaffoflik va o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.
Batafsil
Odil sudlov akademiyasi ekspertlari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Odil sudlov akademiyasi delegatsiyasi Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida tashkil etilgan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida xalqaro hamkorlik: madaniy merosni saqlash va himoya qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.⏺ Xalqaro tadbir doirasida Tojikiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy iqtisodiy sudi va Dushanbe shahar sudi hamkor tashkilotlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, anjumanda sud-huquq sohasi mutaxassislari, yuridik fanlar doktorlari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari qatnashmoqda.🌐 Konferensiyada madaniy merosni huquqiy muhofaza qilish, turizm sohasidagi qonunchilik, inson huquqlarini himoya qilish hamda sudlar faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llash va raqamli sud tizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Batafsil
Odil sudlov akademiyasi jamoasi va tinglovchilari diqqatiga!
Fuqarolar, tinglovchilar hamda xodimlar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash maqsadida Akademiya rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborish imkonini beruvchi maxsus Telegram-bot ishlamoqda.
Mazkur bot orqali siz:— Akademiya faoliyatiga oid taklif va mulohazalaringizni,— Ariza va shikoyatlaringizni,— Ta’lim va tadqiqot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektorga yuborishingiz mumkin.Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi.
Batafsil
Magistratura dekani magistrantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Magistratura dekani va magistrantlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida magistrantlarning o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyati va kasbiy rivojlanishi, shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.💬 Ochiq muloqot davomida magistrantlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.❕ Bunday uchrashuvlar magistrantlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil
Navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Mazkur o‘quv dasturi “Inson” markazlari mas’ul xodimlarining oilaviy va fuqarolik huquqi sohasidagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, sud jarayonlarida bolalar va oilalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.Kurslar davomida tinglovchilarga sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar, huquqiy tavakkalchiliklarni boshqarish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti hamda huquqiy ekspertizaning dolzarb masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Oliy sud va Toshkent shahar sudlarida faoliyat yuritayotgan ko‘p yillik tajribaga ega sudyalar ishtirokida olib borildi.Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlari orqali baholandi. Natijalarga ko‘ra, barcha ishtirokchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi qayd etilib, kurs yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.
Batafsil
Inson huquqlari: milliy va xalqaro tajriba uyg‘unligi
Bugun Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun “Odil sudlovni ta’minlashda inson huquqlariga oid xalqaro huquq” o‘quv kursining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Akademiya, Xalqaro yuristlar komissiyasi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Akademiya prorektori D.Aripov, xodimlari, tinglovchilari, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi loyiha koordinatori Gemma Warren hamda Xalqaro yuristlar komissiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi direktori Temur Shakirov ishtirok etdi.🔼 Taqdimot davomida sud-huquq tizimidagi islohotlar, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, xalqaro huquq normalarini sud amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.⚖️ Ta’kidlanganidek, mazkur o‘quv kursi tinglovchilarning inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan huquqiy standartlar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, ularni amaliyotda to‘g‘ri va samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
Akademiya rektori kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Yoqubjonovich Abduqodirovning kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
❓ Ochiq muloqot davomida tinglovchilarning ta’lim jarayoni, mavjud muammolar, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.⚖️ Muloqotda, ayniqsa, kelgusida kuchli, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va yuksak kasbiy salohiyatga ega sudyalarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.🎓 Ta’kidlanganidek, kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan tinglovchilar sinov va saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, munosib nomzodlar sifatida tanlab olingan. Shu bois ularga yuklatilgan mas’uliyat ham nihoyatda katta.🇺🇿 Davlatimiz rahbari va xalqimiz tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlash, sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash hamda odil sudlovni ta’minlashga munosib hissa qo‘shish har bir bo‘lajak sudyaning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.📚 Shuningdek, tinglovchilarga doimiy izlanish, qonunchilikdagi yangiliklarni chuqur o‘rganish, sud amaliyotini tahlil qilish, inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish hamda sudyalik kasbining yuksak mas’uliyatini chuqur his etish zarurligi ta’kidlandi.🤝 Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.Bunday ochiq muloqotlar bo‘lajak sudyalarning kasbiy tayyorgarligini yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish va ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil
Magistratura talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
Bugun Odil sudlov akademiyasi magistratura talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tanishuv tashrifi tashkil etildi.📝 Tashrif doirasida talabalar Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan yaqindan tanishdilar.❓ Muloqot davomida parlament qo‘mitalari va fraksiyalarining vazifalari, qonun loyihalarini muhokama qilish, ularga taklif va mulohazalar kiritish, shuningdek, tizimdagi muammolarni o‘rganish va ularning huquqiy yechimlarini ishlab chiqish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.🤩 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda parlament faoliyati bo‘yicha amaliy tasavvurlarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Batafsil