Yangiliklar

...

XALQARO HAMKORLIK: ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA HELSINKI UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Finlandiyaning nufuzli Helsinki universiteti Huquq fakultetining jinoyat huquqi professori, yuridik fanlar doktori Sakari Kristian Melander bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝 Uchrashuv davomida Odil sudlov akademiyasi va Helsinki universiteti o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.✅ Muzokaralar natijasida Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Helsinki universitetida malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.📚 Shuningdek, tashrif doirasida professor Sakari Kristian Melander Akademiya magistratura tinglovchilari uchun Yevropa jinoyat huquqining dolzarb masalalari, jinoyat qonunchiligini qo‘llash amaliyoti hamda jinoyat odil sudlovini takomillashtirish mavzularida ma’ruza o‘qidi.🎓 Ma’lumot uchun, Sakari Kristian Melander 2018-yildan buyon Helsinki universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U Finlandiya Fan va adabiyot akademiyasi a’zosi hamda Finlandiya huquqshunoslar uyushmasi raisi hisoblanadi.🌐 Mazkur uchrashuv Odil sudlov akademiyasining xalqaro akademik aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va magistratura tinglovchilarini ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Batafsil
...

MALAKA OSHIRISH KURSI YAKUNLANDI

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari yuridik xizmat xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi. O‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalarini qaytarish, noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish bilan bog‘liq nizolar, sudlarga da’vo arizalari va yuqori instansiya sudlariga shikoyatlar kiritish, shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ishlarni ko‘rishning protsessual xususiyatlarini o‘rgandilar.Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanib, sud hujjatlarini tayyorlash, qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash va huquqiy pozitsiyani asoslash ko‘nikmalari rivojlantirildi.Kurs yakunidagi test sinovlarida tinglovchilar yuqori natijalarni qayd etdilar. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Tinglovchi fikriToshkent shahar Kadastr agentligi boshqarmasi bosh yuriskonsulti Akobir Axmedov:«Mazkur o‘quv kursi biz uchun juda foydali bo‘ldi. Faoliyatimizda duch keladigan murakkab masalalarning yechimlarini amaldagi sudyalar va malakali professor-o‘qituvchilardan bevosita o‘rgandik. Bunday kurslarning ko‘paytirilishidan mamnun bo‘lar edim. Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga ham shunday o‘quvlarda qatnashishni tavsiya qilaman. Kursni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Kadastr agentligiga samimiy minnatdorligimni bildiraman». Mazkur kurs yuridik xizmat xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va sud ishlarida samarali ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA

Joriy yilning 20–22-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan “Transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro mintaqaviy seminar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirda Odil sudlov akademiyasi Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Tolibjon Obidov ishtirok etib, transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish, elektron dalillar bilan ishlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasida xalqaro tajriba almashmoqda.Seminarning asosiy maqsadi transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularning samarali yechimlarini muhokama qilish hamda ushbu sohada mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.YXHT Kotibiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining bir qator vakolatli idoralari, jumladan, Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va Bosh kriminalistika markazi, Bosh prokuratura, Odil sudlov akademiyasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etmoqda.Seminar dasturidan transchegaraviy kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, elektron dalillardan samarali foydalanish, Estoniya va Qozog‘iston tajribasini o‘rganish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida kiberxavfsizlik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhokamalar o‘rin olgan.
Batafsil
...

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, tariximiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir. Ona tilimiz xalqimizni birlashtiruvchi, milliy tafakkurimizni boyituvchi va ma’naviy merosimizni avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi beqiyos ne’matdir.Bugungi kunda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, uning boy imkoniyatlarini keng namoyon etish, ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanishini rivojlantirish har birimizning muhim vazifamizdir.Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik, farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Jonajon o‘zbek tilimizning nufuzi va shuhrati yanada yuksalsin, ona tilimiz hamisha qalblarimizda va hayotimizda munosib o‘rin tutsin!O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi jamoasi
Batafsil
...

AKADEMIYA VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat va kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi I. G‘afforov TÜRKSOY tomonidan tashkil etilgan xalqaro forumda ishtirok etmoqda. Forumning asosiy maqsadi turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, turkiy dunyo miqyosidagi yoshlar tashabbuslari va loyihalarini rivojlantirishdan iborat.Forum doirasidagi ishtirok turkiy davlatlar yoshlari bilan tajriba almashish, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.Xalqaro forumda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni Akademiya faoliyatiga tatbiq etish orqali yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda turkiy dunyo yoshlari bilan hamkorlikda yangi ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Batafsil
...

TINGLOVCHILARNING KOGNITIV VA JAMOAVIY FIKRLASH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida tinglovchilarning intellektual salohiyati, kreativ fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan timbilding mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Akademiya psixologi Y.Dosjanova ishtirokida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda intellektual o‘yinlar, amaliy topshiriqlar va jamoaviy mashqlar orqali muammolarga noodatiy yondashish, maqbul yechimlarni topish va hamkorlikda qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.Shuningdek, mashg‘ulotlar tinglovchilarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish va kasbiy faoliyat uchun zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Zero, kreativ fikrlash, psixologik barqarorlik va samarali hamkorlik bo‘lajak sudyalar kasbiy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismlaridir.
Batafsil
...

DAVLAT TILI VA ODIL SUDLOV MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.🤩 Tadbir davomida davlat tilining odil sudlovni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati, sud hujjatlarini davlat tilida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish, yuridik terminologiyaning bir xilda qo‘llanilishi hamda sud amaliyotida til me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, huquqiy aniqlikni ta’minlash va sud hujjatlari sifatini oshirishda til madaniyatining ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. 🏆 Tadbir davomida Akademiya tinglovchilari o‘rtasida «So‘z muqaddasligi va huquqiy mas’uliyat: sudya hukmidagi har bir harf qadri» mavzusida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, g‘olib deb topilgan quyidagi tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar:🔹 Sherqulov Azamat Nuraliyevich — iqtisodiy huquq yo‘nalishi tinglovchisi;🔹 Zulpiev Umidjon Sobirovich — iqtisodiy huquq yo‘nalishi tinglovchisi;🔹 Xujamberdiyev Sanjarbek Maxsitaliyevich — fuqarolik huquqi yo‘nalishi tinglovchisi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Odil sudlov akademiyasi tomonidan tashkil etilgan «Mustaqillik — odil sudlov va inson qadrining mustahkam poydevori» mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar ilmiy saviyasi, mavzuning yoritilish darajasi va amaliy ahamiyatiga ko‘ra baholanib, quyidagi mualliflar g‘olib deb topildi:🥇 I o‘rin — Shamsiddinova Ozoda Bo‘riyevna🥈 II o‘rin — Madatov Xabibullo Nurmurodovich🥉 III o‘rin — Eshquvvatov Bobomurod Abror o‘g‘li🏅 «Eng yaxshi amaliy taklif» nominatsiyasi — Avezov Qosim Safarovich.🫥 Tanlov g‘oliblari Odil sudlov akademiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davlat tilining nufuzini yuksaltirish, sud hujjatlarida til me’yorlariga rioya etish madaniyatini oshirish hamda odil sudlov sifatini ta’minlashga qaratilgan fikr va takliflar almashinuvi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI XALQARO HAMKORLIK GEOGRAFIYASI

Odil sudlov akademiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va sud-huquq sohasida zamonaviy bilimlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Akademiyaning xalqaro hamkorlik geografiyasi Markaziy Osiyo, Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Shimoliy Amerika mamlakatlarini qamrab oladi.Xalqaro hamkorlik doirasida tajriba almashish, ilmiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish hamda ilg‘or sud-huquq amaliyotini o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Xalqaro tajriba — sifatli ta’lim, yuksak salohiyat va zamonaviy odil sudlov sari muhim qadam!
Batafsil
...

GERMANIYA SUD TIZIMIDA MA’MURIY SUD ISHLARINI YURITISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri I.Ergashev tomonidan «Sudyaning ish yuritish metodikasi» dasturi doirasida «Germaniya sud tizimida ma’muriy sud ishlarini yuritishning umumiy asoslari» mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi. ⏺ Onlayn mashg‘ulotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlararo ma’muriy sudlar sudyalari ishtirok etdi.Mashg‘ulot davomida Germaniya sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari, sudyalar mustaqilligi hamda ma’muriy sudlarning sud tizimidagi o‘rni yoritildi.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097