Yangiliklar

...

Odil sudlov akademiyasi qariyb 3,6 milliard so‘mlik grantlarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining “Sudyalik lavozimiga nomzodlarning psixologik portretini shakllantiruvchi elektron dastur” hamda “Sud muhokamasi simulyatsiyasi” elektron platformasini ishlab chiqish loyihalari g‘olib deb topildi.Mazkur ikki loyiha uchun jami 3 milliard 593 million 651 ming so‘mlik davlat granti qo‘lga kiritildi.2026–2028-yillarda amalga oshiriladigan ushbu loyihalar sudyalik lavozimiga nomzodlarni zamonaviy yondashuvlar asosida baholash, sudyalar va sudyalikka nomzodlarning malakasini oshirish hamda sud tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Batafsil
...

Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar: aniqlashdan sud hukmiga qadar” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi. 29–30-iyul kunlari o‘tkazilgan o‘quv kursida sudyalar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va sudda ko‘rib chiqish jarayonlariga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.Mashg‘ulotlar davomida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari, raqamli kriminalistika imkoniyatlari, elektron dalillar bilan ishlash usullari, blokcheyn texnologiyalari, kriptoaktivlar bilan bog‘liq masalalar hamda boshqa dolzarb mavzular muhokama qilindi.O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur kurs sudyalar va soha vakillarining axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ishlarni samarali ko‘rib chiqish borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Batafsil
...

Ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida yangi hamkorlik

Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston ayol sudyalar assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum Akademiya va Assotsiatsiya o‘rtasida ta’lim, ilm-fan hamda amaliy faoliyat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlash, sudyalar, xususan, ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI: INNOVATSIYA, OCHIQLIK VA AMALIY NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Prezidentning 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son Farmoni ijrosi, Akademiyaning 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari, shuningdek, magistratura va kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul jarayonlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan matbuot anjumani ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Unda Sudyalar oliy kengashi vakili, Akademiya rahbariyati, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda sud tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qabul jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga Akademiya rahbariyati tomonidan batafsil  javoblar berildi.
Batafsil
...

Akademiyada "Wakil AI" sun'iy intellekt platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Odil sudlov akademiyasida Wakil AI sun'iy intellekt platformasini ishlab chiqqan mutaxassislar ishtirok etib, mazkur mahsulotning imkoniyatlari, ishlash tamoyillari hamda huquqiy faoliyatda qo‘llash istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimot davomida platforma yordamida huquqiy ma'lumotlarni tezkor izlash, qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va boshqa intellektual xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga sun'iy intellekt texnologiyalarini sud-huquq sohasida samarali qo‘llash, ularning afzalliklari hamda amaliyotdagi ahamiyati xususida batafsil ma'lumot berildi. Tadbir yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
Batafsil
...

Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.  Muhokamalar yakunida ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Batafsil
...

Odil sudlov akademiyasida Xalqaro sudyalar va sud xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Xalqaro sudyalar va sud xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud rahbariyati va vakillari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlari, shuningdek, tumanlararo sudlar raislari va sudyalari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘nggi yillarda sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sudyalar va sud apparati xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, sud faxriylarining xotiralari tinglanib, o‘tgan yillardagi faoliyat tajribasi va bugungi kunda sud tizimida yaratilgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.
Batafsil
...

Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–106-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida "Sud faoliyatida komplayens nazorati" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

        Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–106-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida sud tizimida komplayens nazoratining o‘rni va ahamiyati, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va bartaraf etish mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning samarali usullari, shuningdek, xizmat faoliyatida halollik standartlariga rioya etishni ta’minlashning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil
...

Odil sudlov akademiyasida seminar-trening bo‘lib o‘tadi

2026-yil 23-iyul kuni soat 11:00 da Akademiyada "Sud faoliyatida komplayens nazorati" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi.Seminarda sud tizimida komplayens nazoratining ahamiyati, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va oldini olish mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda halollik standartlarini ta’minlashning amaliy jihatlari muhokama qilinadi.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097