Inson huquqlari: milliy va xalqaro tajriba uyg‘unligi

09.10.2026 / 19:30
25
#

 Bugun Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun “Odil sudlovni ta’minlashda inson huquqlariga oid xalqaro huquq” o‘quv kursining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir Akademiya, Xalqaro yuristlar komissiyasi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

  Unda Akademiya prorektori D.Aripov, xodimlari, tinglovchilari, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi loyiha koordinatori Gemma Warren hamda Xalqaro yuristlar komissiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi direktori Temur Shakirov ishtirok etdi.

🔼 Taqdimot davomida sud-huquq tizimidagi islohotlar, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, xalqaro huquq normalarini sud amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Ta’kidlanganidek, mazkur o‘quv kursi tinglovchilarning inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan huquqiy standartlar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, ularni amaliyotda to‘g‘ri va samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097