Akademiya rektori kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

08.10.2026 / 19:39
19
#

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Yoqubjonovich Abduqodirovning kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

❓ Ochiq muloqot davomida tinglovchilarning ta’lim jarayoni, mavjud muammolar, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.

⚖️ Muloqotda, ayniqsa, kelgusida kuchli, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va yuksak kasbiy salohiyatga ega sudyalarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🎓 Ta’kidlanganidek, kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan tinglovchilar sinov va saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, munosib nomzodlar sifatida tanlab olingan. Shu bois ularga yuklatilgan mas’uliyat ham nihoyatda katta.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari va xalqimiz tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlash, sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash hamda odil sudlovni ta’minlashga munosib hissa qo‘shish har bir bo‘lajak sudyaning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

📚 Shuningdek, tinglovchilarga doimiy izlanish, qonunchilikdagi yangiliklarni chuqur o‘rganish, sud amaliyotini tahlil qilish, inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish hamda sudyalik kasbining yuksak mas’uliyatini chuqur his etish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Bunday ochiq muloqotlar bo‘lajak sudyalarning kasbiy tayyorgarligini yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish va ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097