Magistratura talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
Bugun Odil sudlov akademiyasi magistratura talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tanishuv tashrifi tashkil etildi.
📝 Tashrif doirasida talabalar Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan yaqindan tanishdilar.
❓ Muloqot davomida parlament qo‘mitalari va fraksiyalarining vazifalari, qonun loyihalarini muhokama qilish, ularga taklif va mulohazalar kiritish, shuningdek, tizimdagi muammolarni o‘rganish va ularning huquqiy yechimlarini ishlab chiqish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
🤩 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda parlament faoliyati bo‘yicha amaliy tasavvurlarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Boshqa yangiliklar
-
Inson huquqlari: milliy va xalqaro tajriba uyg‘unligi
-
Akademiya rektori kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
-
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORINING YANGI O‘QUV YILI MUNOSABATI BILAN MUROJAATI
-
Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari muhokama qilindi