Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
08.10.2026 / 19:10
12
“Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Abduqodirov boshchiligida Akademiya xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida sud ekspertizasi sohasining bugungi holati, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaning ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Markazning 75 yilligi munosabati bilan sud ekspertizasi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, sohaga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol soha xodimlari tantanali ravishda taqdirlandi.
75 yillik tarix — bu nafaqat muhim sana, balki boy tajriba, ilmiy salohiyat, shakllangan kasbiy an’analar va mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlashga qo‘shilgan munosib hissaning yorqin ifodasidir.
Boshqa yangiliklar
-
Inson huquqlari: milliy va xalqaro tajriba uyg‘unligi
-
Akademiya rektori kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
-
Magistratura talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORINING YANGI O‘QUV YILI MUNOSABATI BILAN MUROJAATI
-
Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari muhokama qilindi