Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari muhokama qilindi
05.10.2026 / 21:25
10
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Xitoydan soha ekspertlari, xalqaro arbitraj va mediatsiya mutaxassislari, advokatlar, olimlar hamda sudyalar ishtirok etdi.
Konferensiyada iqtisodiy nizolarni mediatsiya va arbitraj orqali hal etish, sudgacha nizolarni bartaraf etish mexanizmlari, mediativ kelishuvlarni ijroga qaratish, raqamli mediatsiyaning imkoniyatlari va huquqiy xavflari, shuningdek, transchegaraviy tijorat nizolarida mediatsiyadan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan xorijiy davlatlarning mediatsiya sohasidagi ilg‘or tajribasi, iqtisodiy nizolarni sudgacha hal etishning samarali usullari hamda nizolarni muqobil hal etishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Konferensiyada bildirilgan fikr va takliflar iqtisodiy nizolarni tezkor va samarali hal etish, mediatsiya va arbitraj institutlarini rivojlantirish, sudlar ish yuklamasini kamaytirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORINING YANGI O‘QUV YILI MUNOSABATI BILAN MUROJAATI
-
Navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi
-
Akademiyada yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
-
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi