Akademiyada yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
02.10.2026 / 17:15
17
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari hamda magistraturaga qabul qilingan magistrantlar uchun yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Akademiya rahbariyati, sud-huquq sohasi vakillari, hamkor tashkilotlar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan tinglovchilar, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishi, tabrik so‘zlari va tinglovchilarga ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, tinglovchi va magistrantlar so‘zga chiqib, o‘zlarining fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim jarayonini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Akademiyaning professor-o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tantanali ochilish marosimi yakunlanganidan so‘ng kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun ilk o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlarda tinglovchilarga o‘quv dasturlari doirasida dastlabki mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — sudyalik lavozimiga nomzodlarni sifatli tayyorlash, sud kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim va sud amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali sud kadrlarini shakllantirishdan iborat.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi O‘zbekistonda sud-huquq sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
-
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
-
Мalaka oshirish kurslari davom etmoqda
-
Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi o‘tkazilmoqda
-
Xalqaro ekspertlar uchrashuvi: texnologiyalar, sun’iy intellekt va xalqaro arbitraj