Мalaka oshirish kurslari davom etmoqda
29.09.2026 / 21:22
25
Avval xabar berganimizdek, “Inson” markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘balarining mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlarda Odil sudlov akademiyasi professori E.Sabirov tomonidan “Aliment undirish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari” hamda Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev tomonidan "Uy-joy nizolari va qarzni undirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarining sudda ko‘rib chiqilishi"ga oid mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi, dalillarni baholash va sud amaliyotida e’tibor qaratiladigan masalalar muhokama qilindi.
Boshqa yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
-
Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi o‘tkazilmoqda
-
Xalqaro ekspertlar uchrashuvi: texnologiyalar, sun’iy intellekt va xalqaro arbitraj
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI