Xalqaro ekspertlar uchrashuvi: texnologiyalar, sun’iy intellekt va xalqaro arbitraj

28.09.2026 / 22:22
17
#

Bugun, Odil sudlov akademiyasida SLLS Global asoschisi, xalqaro yurist Ley Shi (Lei Shi) ishtirokida xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Texnologiyalarni boshqarish, sun’iy intellekt va xalqaro arbitraj: Markaziy Osiyo va Yevroosiyoda transchegaraviy investitsiyalar uchun huquqiy muammolar» mavzusi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida texnologiyalar va sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish, intellektual mulkni himoya qilish, transchegaraviy investitsiyalar, ma’lumotlarni boshqarish, eksport nazorati hamda xalqaro tijorat va investitsiya nizolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq yangi turdagi huquqiy nizolarga tayyorgarlik ko‘rish, sudyalar va huquqshunoslarning zamonaviy texnologik-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajribadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida SLLS Global Thought Leadership xalqaro ekspert-tahliliy nashrining «TDG: Technology, Data, and Governance», Q3 2026 soni ham taqdim etildi.


Ma’lumot uchun: Ley Shi Xitoy, Kaliforniya (AQSh) va Gonkongda professional huquqiy malakalarga ega bo‘lib, «Bir makon — bir yo‘l» xalqaro yuristlar assotsiatsiyasi, WIPO Neutral a’zosi, EU SME China IP Helpdesk tashqi eksperti, shuningdek, Qozog‘istondagi AIFC va Dubaydagi LADda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097