Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi o‘tkazilmoqda
28.09.2026 / 23:34
24
2026-yil 28–29-sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori va xodimlari ham ishtirok etmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan.
Forum “Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60 yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligi: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan.
Forumning yakuniy bosqichi 29-sentabr kuni Samarqand shahridagi Registon maydoni, Ulug‘bek madrasasida bo‘lib o‘tadi. Yalpi majlisda parallel sessiyalar natijalari umumlashtirilib, inson huquqlarini himoya qilishning universal tizimini mustahkamlashga qaratilgan xulosa va amaliy takliflar taqdim etiladi.
Shu tariqa, V Samarqand forumi milliy va xalqaro ekspertlar, davlat organlari, BMT tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida inson huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Boshqa yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
-
Мalaka oshirish kurslari davom etmoqda
-
Xalqaro ekspertlar uchrashuvi: texnologiyalar, sun’iy intellekt va xalqaro arbitraj
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI