Sudyalar uchun gender stereotiplari va kamsitishga qarshi kurashish bo‘yicha trening yakunlandi
17.11.2026 / 20:40
16
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida sudyalar uchun gender stereotiplari va ayollar hamda qizlarga nisbatan kamsitish holatlarini sud amaliyotida aniqlash va ularga qarshi kurashish mavzusida trening tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi sudyalarning ayollar va qizlarga nisbatan kamsituvchi stereotiplarni anglash, ularning sud qarorlari va odil sudlov jarayoniga ta’sirini baholash, shuningdek, xalqaro huquqiy standartlarni amaliyotda qo‘llash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida gender stereotiplariga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslari, ularni aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar amaliy keyslar ustida guruhlarda ishlab, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Boshqa yangiliklar
-
Oliy sud sudyalari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda
-
1 117 NAFAR SUDYA MURAKKAB TOIFADAGI ISHLAR BO‘YICHA MALAKA OSHIRDI
-
SUD FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI XALQARO MINBARDA TAQDIM ETILDI
-
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN KPI TIZIMIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA TAQDIMOT O‘TKAZILDI
-
SUDYALAR OLIY KENGASHI VA ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILLARI FRANSIYADAGI NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA