1 117 NAFAR SUDYA MURAKKAB TOIFADAGI ISHLAR BO‘YICHA MALAKA OSHIRDI

14.11.2026 / 20:12
19
#

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan sudyalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda takomillashtirish, shuningdek, sud amaliyotida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish maqsadida murakkab toifadagi 43 ta mavzu bo‘yicha onlayn malaka oshirish kurslarini tashkil etish mexanizmi joriy etildi.

Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida maxsus Telegram-bot ishga tushirilib, u orqali ro‘yxatdan o‘tgan sudyalar sud ixtisosliklari kesimida guruhlarga ajratildi.

Malaka oshirish kurslari tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida 2026-yilning avgust–noyabr oylari davomida o'tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Toshkent shahar sudlari sudyalari hamda Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Kurslar doirasida qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va ularning huquqiy mazmun-mohiyati, sud amaliyoti tahlili, murakkab toifadagi ishlarni ko‘rish va hal etishning o‘ziga xos jihatlari, sud amaliyotini umumlashtirish natijalari hamda sud amaliyotida qonunchilik normalarini bir xilda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur onlayn malaka oshirish kurslari sudyalarning kasbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish, ularning amaliy faoliyatida uchrayotgan murakkab va dolzarb huquqiy masalalarni aniqlash, shuningdek, o‘quv dasturlari mazmunini aniqlangan ehtiyojlar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu yondashuv sudyalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, sud amaliyotida qonunchilik normalarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash hamda odil sudlov sifatini yanada oshirishga qaratilgan.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097