AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

10.11.2026 / 21:03
18
#

Odil sudlov akademiyasida AQSHning Amerika universiteti Vashington huquq kolleji (American University Washington College of Law — AUWCL) vakili Shalala Valiyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mehmon Akademiyaning tashkil etilishi, asosiy vazifalari, ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy salohiyati va xalqaro faoliyati bilan tanishtirildi.

❓ Muloqot davomida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning quyidagi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi:
⏺ Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish;
⏺ Sudyalar va sudyalikka nomzodlar uchun qo‘shma o‘quv kurslari, seminarlar hamda mahorat darslarini tashkil etish;
⏺ Sud faoliyatida sun’iy intellekt, raqamli odil sudlov va kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
⏺ Inson huquqlari, sudyalar mustaqilligi, sudyalik odobi va xalqaro huquq yo‘nalishlarida tajriba almashish;
⏺ Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma anjumanlar o‘tkazish va ilmiy maqolalar chop etish;
⏺ O‘zaro anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

👥 Mazkur uchrashuv Akademiyaning xorijiy yuridik ta’lim muassasalari bilan aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribani jalb etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097