ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA MA’MURIY ODIL SUDLOVNING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
11.11.2026 / 21:33
22
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Ma’muriy organlarning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish: sud amaliyoti” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Akademiya rektori Sherzod Abduqodirov kirish so‘zi bilan ochib, davlat organlari qarorlari va harakatlari ustidan samarali sud nazoratini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud amaliyotining bir xilligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Davra suhbatida ikki asosiy yo‘nalish — mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan nizolashish hamda FHDYO organlari bilan bog‘liq nizolarni sudda ko‘rish amaliyoti muhokama qilindi.
Shuningdek, isbotlash majburiyati, sudning faol ishtiroki, sud va prokuror nazorati, soliq organlari qarorlari ustidan nizolashish, sud hujjatlarining ijrosi hamda jamoatchilik nazoratiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda sudyalar, Adliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Namangan va Samarqand davlat universitetlari vakillari, olimlar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdilar.
Davra suhbati yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirish, shuningdek, ishtirokchilarning ilmiy tezislarini alohida to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan.
Boshqa yangiliklar
-
SUDYALAR OLIY KENGASHI VA ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILLARI FRANSIYADAGI NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.