SUDYALAR OLIY KENGASHI VA ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VAKILLARI FRANSIYADAGI NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA
11.11.2026 / 19:40
14
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Odil sudlov akademiyasi vakillari Fransiyaning Bordo shahrida joylashgan Fransiya Milliy magistratura maktabida o‘z ishini boshlagan Sudyalarni tayyorlash xalqaro tashkiloti (International Organization for Judicial Training — IOJT)ning XII xalqaro konferensiyasi ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 200 nafardan ziyod sudyalar, sud-huquq sohasi mutaxassislari hamda sudyalarni tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari vakillari qatnashmoqda.
Konferensiyaning ochilish marosimida Fransiya Milliy magistratura maktabi (ENM) direktori o‘rinbosari Haffide Boulakras hamda Sudyalarni tayyorlash xalqaro tashkiloti (IOJT) prezidenti Adèle Kent ishtirokchilarga tabrik so‘zlari bilan murojaat qildilar.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Odil sudlov akademiyasi vakillari IOJT prezidenti Adèle Kent bilan uchrashib, unga esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, sudyalarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish sohasida tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi konferensiya doirasida tashkil etilayotgan turli mavzuli sessiyalar va muhokamalarda faol ishtirok etmoqda.
Boshqa yangiliklar
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA MA’MURIY ODIL SUDLOVNING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.