PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN KPI TIZIMIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA TAQDIMOT O‘TKAZILDI

12.11.2026 / 22:37
14
#

Odil sudlov akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun KPI tizimidan foydalanish tartibiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.

Tadbir Akademiyaning Axborot-texnik ta’minot va masofaviy o‘qitish bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.

Taqdimot davomida professor-o‘qituvchilarga KPI tizimining asosiy funksiyalari, undan foydalanish tartibi, tegishli ma’lumotlarni kiritish va tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar olib, tizim bilan ishlashga oid masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur taqdimot professor-o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda KPI tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097