SUD FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI XALQARO MINBARDA TAQDIM ETILDI

13.11.2026 / 20:47
27
#

Fransiya Milliy magistratura maktabida (ENM) bo‘lib o‘tayotgan Sudyalarni tayyorlash xalqaro tashkiloti (IOJT)ning XII xalqaro konferensiyasi doirasida Odil sudlov akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Faxriddin Madiyev “Sud qarorlarini qabul qilishda sun’iy intellektdan foydalanishning xalqaro etik standartlari: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada sud faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanishning xalqaro etik standartlari, sudyalar mustaqilligini ta’minlash hamda inson nazoratining ustuvorligini saqlash masalalari O‘zbekiston tajribasi asosida yoritildi.

Mazkur ma’ruza xorijiy davlatlar sud tizimi vakillarida katta qiziqish uyg‘otib, xalqaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Konferensiya doirasida Odil sudlov akademiyasining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ham muhim muzokaralar olib borildi. Jumladan, Kanada, Braziliya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Vyetnam, Bolgariya, Italiya va Ispaniyaning sudyalarni tayyorlash muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida sudyalarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish hamda o‘zaro manfaatli institutsional hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097