SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📢 Bugun Toshkent shahrida “Sud-ekspertlik faoliyatida psixologik portretlash va profayling” mavzusida “Sud-psixologik ekspertiza va psixolog ishtirokidagi kompleks ekspertizaning dolzarb masalalari” V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Kanada va Shveytsariyadan soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
🤝 Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📄 Memorandum sud-huquq sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, sudyalar va sud tizimi xodimlarining psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, sud faoliyatida zamonaviy psixologik yondashuvlardan foydalanishni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Shuningdek, tomonlar sud psixologiyasi, psixologik portretlash va profayling, voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ishlar, sud-ekspertlik faoliyatida psixologik bilimlardan foydalanish, ilmiy-tadqiqot faoliyati, o‘zaro tajriba almashish, seminar va treninglar tashkil etish hamda mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
🔹 Mazkur memorandum sud kadrlarining psixologik va kasbiy kompetensiyalarini yuksaltirish, sud-ekspertlik faoliyatida zamonaviy psixologik yondashuvlarni rivojlantirish hamda sud-psixologiyasi yo‘nalishida amaliy va ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”
-
MA'MURIY ODIL SUDLOV: YANGI BOSQICH