Yaponiya tajribasi: fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha malaka oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi vakili 2026 yil 16–26 fevral kunlari JICA xalqaro tashkiloti ko‘magida Yaponiya davlatining Tokio shahrida fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.
Seminar-treninglar davomida yaponiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi:
— generativ sun’iy intellekt va mualliflik huquqi;
— raqamli platformalarni huquqiy tartibga solish;
— shartnomadan tashqari majburiyatlar (delikt) huquqi va nomulkiy huquqlarni himoya qilish;
— qo‘llaniladigan huquqni tanlash masalalari;
— sud tizimining huquqni himoya qilishdagi roli, majburiyatlari hamda preventiv huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
— fuqarolik munosabatlarida davlat ishtiroki.
Shuningdek, xizmat safari doirasida Yaponiya Adliya vazirligiga tashrif buyurilib, vazirlik tarkibidagi Sud ishlari byurosi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muxsinso‘ja Abduraxmonov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Seminar-treninglar yakunida ishtirokchilarga “Fuqarolik huquqi” bo‘yicha hamkorlik dasturi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida sertifikatlar topshirildi.
Boshqa yangiliklar
-
Odil sudlov akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
-
Turkiy davlatlar sud-huquq ta’limi bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi
-
TOSHKENTDA TURKIY DAVLATLARNING XALQARO SUD-HUQUQ FORUMI BO‘LIB O‘TADI
-
Sud tizimida ochiqlik va samarali kommunikatsiya: maxsus o‘quv kursi o‘z ishini boshladi
-
Prezidentimizning yangi Farmoni mamlakatimizda moliyaviy sektorni yangi bosqichga olib chiqadigan hujjat